1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda uning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi podstansiyani qurish (Sazagan Solar 1)” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) “ACWA Power Company (Saudi Listed Joint Stock Company)” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda uning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi podstansiyani qurish (Sazagan Solar 1)” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ACWA Power Sazagan Solar 1” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 19-aprelda investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmalariga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 758 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 19-aprelda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 30 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng Loyiha kompaniyasi ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini olishi;
fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ushbu ishlar uchun sarflangan xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanishi;
Investitsiya loyihasi doirasida elektr energiyasini saqlash tizimi Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng Loyiha kompaniyasi uning ish rejimini Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUKning dispetcherlik boshqaruvi bilan muvofiqlashtirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi]
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.13.00 Yoqilgʻi va energetika masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik]
3. Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi, elektr energiyasini saqlash tizimining foydalanishga tayyor holati uchun va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlar boʻyicha toʻlovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.01 Joriy xalqaro operatsiyalar]
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.03 Akkreditivlar bilan hisob-kitob;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
5. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga hamda ular bilan shartnomalar tuzishga;
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
6. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, ushbu bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, Investitsiya loyihasini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
kredit olish, chet el valyutasida pul mablagʻlari olish va ulardan foydalanish (shu jumladan chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
8. Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim qoidalariga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Samarqand viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratiladigan Samarqand viloyatining Nurobod va Pastdargʻom tumanlari hududlaridagi ilovaga muvofiq 1 062 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
10. Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan quyosh fotoelektr stansiyasi, elektr energiyasini saqlash tizimi va ularning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi podstansiya hamda quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Bunda:
a) Energetika vazirligi mazkur bandga asosan oʻziga berilgan tegishli yer uchastkasi:
quyosh fotoelektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimini qurish uchun Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin;
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Energetika vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin;
Loyiha kompaniyasi tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi XVI boʻlimi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
11. Loyiha kompaniyasining buyurtmanomasiga binoan:
Tashqi ishlar vazirligi — Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3836-son qarori.
Ichki ishlar vazirligi — Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” qarori.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 526-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 20-ilova.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
13. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-iyul,
PQ-207-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-207-son qaroriga ILOVA
“Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda uning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi podstansiyani qurish (Sazagan Solar 1)” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari