toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ilg‘or xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqiladi;
oliy ta’lim dasturlari yetakchi oliy ta’lim muassasalari bazasida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohalari reytingida yuqori 200 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriya bazasiga qo‘yilgan talablar ta’lim dasturlariga, ilmiy laboratoriyalar iqtisodiyot soha va tarmoqlaridagi texnologik jarayonlarga moslashtiriladi;
professor-o‘qituvchilar yuklamasi o‘quv va ilmiy faoliyatga, o‘quv jarayonlari esa talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) tashqi baholashning quyidagi yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
v) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi ro‘yxatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
5. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:
akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ikki baravarga oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan Ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 440-son “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan vakolati doirasida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini navbatdan tashqari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. Belgilansinki, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda quyidagi tartib joriy etiladi:
a) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning mavjud muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi (tematik ilmiy mavzular ro‘yxati) tasdiqlanadi;
fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar tomonidan loyihalarning ilmiy ekspertizasi tashkil etiladi;
davlat ilmiy dasturlariga kiritiladigan loyihalarning yakuniy ro‘yxati tasdiqlanadi;
b) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan:
tasdiqlangan tematik ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar o‘tkaziladi, shuningdek, ilmiy loyihalarning texnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi tashkil etiladi;
tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtiriladi;
ilmiy loyihalarning oraliq va yakuniy monitoringi yuritiladi;
v) davlat ilmiy dasturlariga kiritilgan loyihalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi qaroriga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
g) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq bajariladigan ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, loyihalarni texnik, ilmiy va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish hamda tanlab olish jarayonlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilsin:
ilmiy-texnik kengashlar “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida “Xirsh” indeksiga ega (bundan madaniyat, san’at, o‘zbek tili, tarix sohalari mustasno) hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarda xalqaro darajada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan olimlar orasidan 21 nafar tarkibda shakllantiriladi;
ilmiy-texnik kengashlar a’zolarining yarmi har 6 oyda almashtiriladi va ilmiy-texnik kengashlar tarkibi bir yilda to‘liq yangilanadi;
davlat buyurtmasi doirasida shakllantirilgan loyihalarning ilmiy-texnik kengashlardagi muhokamasiga xorijlik (vatandosh) olimlarni ekspert sifatida jalb etish hamda muhokamalarni onlayn tarzda o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
8. Davlat ilmiy dasturlari natijadorligini oshirish bo‘yicha 2023-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) fundamental loyihalar bo‘yicha — xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan va loyiha mavzusi yo‘nalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan yetakchi olimlar hamrahbar sifatida jalb qilinadi;
b) yangi ishlanmalar asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha:
Innovatsion rivojlanish agentligi tarmoq tashkilotlarining innovatsiyalarga (yangi ishlanma va texnologiyalarga) bo‘lgan ehtiyojlari asosida tijoratlashtirish loyihalarini va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasini tanlov asosida aniqlaydi;
tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tijoratlashtirish loyihalari va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
innovatsion mahsulotlarni kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida tanlov natijalariga ko‘ra moliyalashtirilgan har bir tijoratlashtirish loyihasi va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi hamda yakunlangan ilmiy loyihalar tegishli tarmoq korxonasiga biriktiriladi;
v) tezkor ilmiy yechimni ta’minlash talab etiladigan yo‘nalishlar (yuqumli kasalliklar, texnogen holatlar, iqlim o‘zgarishi va tabiat hodisalariga oid, mikroelektronika texnologiyalari) bo‘yicha 1 yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli maqsadli amaliy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlarini tasdiqlash;
respublika oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilash;
talabalar o‘qishini ko‘chirish va magistraturaga kirishda ruxsat etiladigan turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash;
har yili xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash.
10. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyul,
PQ-200-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, o‘rta maxsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
b) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom.
v) xalqaro mezonlar asosida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
g) o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
e) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
j) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
z) ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan Ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 440-son “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish
DASTURI

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkilotning taklif qilinayotgan to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari

2.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi

Markaz ilmiy muassasa sifatida ish yuritadi va unda 7 ta ilmiy laboratoriya: Biotexnologiya, Eksperimental biofizika, Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari, Geofizika va nanominerologiya, Fudomiks, Hujayralar texnologiyasi va “BigData” laboratoriyalari tashkil etiladi.

Ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida Markazda “C.A.T. Sciene Accelerator” va inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

3.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisiga iqtisodiyotning real sektorida ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratishni qo‘llab-quvvatlash, ularni tijoratlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda respublika miqyosida forumlar, xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalar tashkil etish vazifalari yuklatiladi.

4.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Jamg‘arma amaldagi moliyalashtirish tartibi va shartlarini saqlab qolgan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

5.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi

Markaz davlat muassasasi shaklida faoliyat olib boradi, uning asosiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltiriladi:

oliy ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv-me’yoriy hujjatlar, malaka talablari va ta’lim dasturlarini tahlil qilish;

oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan ta’minlash;

ta’lim dasturlariga kiradigan barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish;

davlat namunasidagi qat’iy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy ta’lim muassasalarini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tadqiq qilish va ularning natijalarini ommalashtirish.

6.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Bosh ilmiy-metodik markaz Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkaziladi hamda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlanadi.

Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

7.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi

Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkaziladi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi deb qayta nomlanadi.

Markaz oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari talaba (o‘quvchi)larining ijtimoiy loyihalarini rag‘batlantirish bilan shug‘ullanadi.

Markaz o‘z faoliyatini oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar va tyutorlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.

Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

8.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkaziladi hamda Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi deb qayta nomlanadi.

Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

Markaz oliy va professional ta’lim muassasalarining jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari, mebel va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanishi holatini monitoring qiladi.

Shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalari bino va inshootlarining qurilishi, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal ta’mirlanishi, ularning yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlanishi ustidan monitoring olib boradi.

9.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkaziladi hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti deb qayta nomlanadi.

Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Innovatsion rivojlanish agentligi

Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

Kasbiy ta’lim agentligi

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Oliy attestatsiya komissiyasi

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Davlat oliy ta’lim tashkilotlari*

Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi

Izoh:
* Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
4-ILOVA
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Innovatsion rivojlanish agentligi

Yashnobod innovatsiya texnoparki

Yoshlar texnoparklari

Ilmiy-texnik axborot markazi

Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi

Ilmiy texnik kengashlar

(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
5-ILOVA
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy
tuzilmasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bilim va malakalarni baholash agentligi

“Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi

Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi*

Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari*

* yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
6-ILOVA
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish:

ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari sonini qisqartirish hamda Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlarini mazkur organlarga o‘tkazish;

ta’lim muassasasini boshqaruvchi institutsional tuzilmalar vakolatlarini aniq belgilash;

o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish qoidalarini belgilash;

ta’lim sifatini monitoring qilish va ta’minlash bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2.

O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini tanqidiy tahlil qilgan holda ilg‘or xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

Tanlov e’lon qilish

2023-yil iyul

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini ilmiy loyiha takliflari asosida qayta tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2024-yil fevral

4.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish hamda akademik mobilligini tashkil etish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish va belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil fevral

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy ta’lim kengashi

6.

Yetakchi oliy ta’lim muassasalari bazasida milliy oliy ta’lim dasturlarini xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohalari reytingida yuqori 200 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqish.

Reja-jadval asosida

Tasdiqlash — 2023-yil sentabr

Amalga oshirish — 2023 — 2030-yillar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlarining reytingini yuritish tizimini xalqaro reyting tashkilotlarining baholash tizimi asosida qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy ta’lim kengashi

8.

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini “haq to‘lanadigan amaliyot” (internship) mexanizmi asosida tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy ta’lim kengashi

9.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Davlat oliy ta’lim muassasalari professorlarining o‘quv va ilmiy faoliyati samaradorligini hamda yosh kadrlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektoriga (direktoriga) o‘quv ishlari bo‘yicha assistent va tadqiqot ishlari bo‘yicha assistent lavozimlarini joriy etish vakolatini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

11.

Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’lim va ilm-fan bo‘yicha ma’ruza o‘qishini tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari faxriy professor unvonini olishi, akademik saylovlarda faol ishtirokini ta’minlash orqali oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining akademik faolligini oshirib borishni rag‘batlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

12.

Akademik litseylar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilash;

litsey bitiruvchilari uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan va QR-kod qo‘yiladigan elektron shakldagi diplomning davlat namunasini tasdiqlash;

ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

tizimida akademik litseylari mavjud vazirlik va idoralar

13.

Akademik litsey o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadalaridagi ijobiy natijalarini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan akademik litseyning o‘quv laboratoriya xonalarini xalqaro fan (kimyo, biologiya, fizika) olimpiadalarini o‘tkazishda foydalaniladigan zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet mablag‘lari doirasida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

14.

Navoiy viloyatida robotlarning ehtiyot qismlarini yaratish uchun kichik kontrolyorlar, datchiklar va sensorlar ishlab chiqaradigan Yoshlar milliy laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi

15.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan namunaviy tipdagi katta sig‘imli pavilyonlar qurish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Toshkent shahri,

Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlari hokimliklari,

Bilim va malakalarni baholash agentligi

16.

O‘zASBO axborot tizimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalarining moliya yili uchun tasdiqlangan budjet hamda budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqini beruvchi tizimni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Faoliyati tugatilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamg‘armasiga oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish.

Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim sohalaridagi xalqaro loyihalar, jumladan Jahon banki ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida Inspeksiyaga berilgan moddiy qimmatliklar va jihozlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

18.

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda samarali faoliyat yuritishlarini tashkil qilish bo‘yicha ularning assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini oshirish hamda amaldagi tarqoq axborot tizimlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi

20.

Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida:

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Vengriya va Belarus davlatlarining nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 130 ta xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar doirasida yaratilgan yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud muammolari yechimiga yo‘naltirish;

-

jahon ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

Xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma tanlov e’lon qilish

2023-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

21.

Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, bunda ilmiy etiket normalarini tatbiq qilish maqsadida ilmiy noshirlik faoliyatida ko‘chirmachilikni aniqlash bo‘yicha axborot tizimini joriy etish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:

respublikadagi barcha ilmiy jurnallar faoliyatini muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish, ularda chop etiladigan ilmiy maqolalar mazmuni va sifatiga bo‘lgan umumiy texnik talablarni ishlab chiqib, joriy etish;

ilmiy noshirlik faoliyatida, jumladan magistrlik dissertatsiyalari, falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari hamda ilmiy monografiyalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash, ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonida ko‘chirmachilikni aniqlash tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Innovatsion loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23.

Ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga faol jalb qilish, ilmiy tashkilotlar xodimlarini o‘quv jarayoniga kengroq olib kirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

24.

Respublikadagi ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarining yagona markazlashgan bazasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

25.

Korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida yil davomida o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

26.

Kasb-hunar maktablariga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oldingi yillarda tamomlagan imkoniyati cheklangan shaxslarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

27.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kirgan idoraviy mansub tashkilotlar (davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalaridan tashqari) ma’muriy-boshqaruv xodimlari tarkibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yuqori malakali, halol va tashabbuskor kadrlarni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy tarkibiy tuzilmalarini zarur shart-sharoitlari mavjud binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

29.

Magistr va bakalavrlarning mehnat maqomini belgilash yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

30.

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasini “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etish. Bunda:

“Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi etib belgilash;

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uyda joylashgan bino-inshootlar va asosiy vositalarni “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga muassisning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

31.

Professional ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘quv-me’yoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish.

Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

32.

Inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning savodxonligini oshirish hamda surdotarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

33.

Oliy ta’lim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalarning xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida universitetlar reytingini belgilovchi “Times Nigher Education”, “Quacquarelli Symonds” hamda yirik ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2026-yillar

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

35.

Texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarining qishloq xo‘jaligi, turizm, irrigatsiya va melioratsiya, xizmat ko‘rsatish hamda veterinariya yo‘nalishlariga oid kasb va mutaxassisliklariga to‘liq davlat granti asosida o‘quvchilarni qabul qilish.

Shuningdek, muhandislik, ishlab chiqarish va qayta ishlash yo‘nalishlariga oid kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha umumiy qabul ko‘rsatkichlarining kamida 50 foizini davlat grantiga ajratish.

Qabul parametrlarini tasdiqlash

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

36.

O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilariga kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat uchun ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida ustama haq to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Qo‘shma qaror

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

37.

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasini Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy manzili bo‘yicha joylashtirish.

Bunda:

2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy manzili bo‘yicha bino-inshootlarni saqlash xarajatlari Professional ta’limni rivojlantirish institutiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi hamda boshqa tashkilot va muassasalar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi (Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 75-uy) va Professional ta’limni rivojlantirish institutining (Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 76-uy) bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga tegishli ravishda Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston milliy universitetiga talabalar turar joylarini tashkil etish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 07/23/200/0442-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)