Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201, 106-son qarori (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi.”.
4.
8-banddagi “Moliya vazirligida” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“moddiy yordam koʻrsatish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonunchilikda belgilangan rasmiy bayram kunlarida bir martalik mukofot puli bilan mukofotlash;
yoʻlkira xarajatlari uchun toʻlov;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam puli.”.
6. 23-bandning
sakkizinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 241 — 243-bandlar bilan toʻldirilsin:
“241. Xodimlarga qonunchilikda belgilangan rasmiy bayram kunlarida bir oylik lavozim maoshigacha miqdorda bir martalik mukofot puli toʻlanadi.
242. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda ovqat puli hamda yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda yoʻlkira puli beriladi.
243. Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida moddiy yordam puli ajratiladi.”.
8.
25-banddagi “Moliya vazirligining Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.