Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2003-yil 9-yanvardagi 9-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 52-bandidagi “248 — 250; 254 — 257-moddalari” degan soʻzlar “383 — 386-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.