Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
“Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 23-iyundagi 19, 17-Q/Q va 90-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2901, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 743-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi 3-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 2-2022-Q/Q-son, Moliya vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 2-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2901-1, 2022-yil 28-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2901-1/0165-son).