Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2002-yil 29-dekabrdagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211, 2003-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (bundan buyon matnda FVDT deb yuritiladi) — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega boʻlgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.”;
“Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, maʼlumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.”;
“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolishga va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.”;
“Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda FV deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar.”.
3.
9-banddagi va 4-paragraf
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“d” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “FV larning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi” degan soʻzlar “FVDT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“z” kichik banddagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5-paragraf
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boʻlinmasi rahbariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.