oʻzbekiston respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 54-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2803, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.”.
2. 4-bandning
beshinchi xatboshisidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining (boshliq oʻrinbosarining) buyrugʻi bilan tuziladigan hududiy boshqarma vakili raislik qiladigan Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablarini texnik jihatdan tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori, xossalari, yoʻqolgan joy va boshqa holatlardan kelib chiqib Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili raislik qiladigan tarkibda tuzilishi mumkin.”.
“tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar organlari deb yuritiladi) vakili (vakillari) (Komissiyaga Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining vakili raislik qilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili (vakillari);”.
5.
12-banddagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
14-banddagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 20-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “pasport seriyasi va raqami” degan soʻzlar “pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili Komissiya raisi boʻlganda);”.