1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Asalarichilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada asalarichilik tarmogʻini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, asalarichilik faoliyatini samarali tashkil etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishda ularni asalari bilan changlatish amaliyotini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 1-ilovaga muvofiq 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun gʻoʻzani asalari bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda gʻoʻzani asalari bilan changlatish xizmati uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan paxta hosilini yetishtirishni moliyalashtirishga ajratiladigan resurs mablagʻlari hisobidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali asalarichilik subyektlari, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari va paxta-toʻqimachilik klasterlari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki, gʻoʻzani asalari bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash uchun Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarning 80 foizi asalarichilik subyektlariga, 10 foizi Uyushmaga yoʻnaltiriladi hamda 10 foizi Jamgʻarmada qoldiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining Namangan hamda Fargʻona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda kooperatsiya asosida aholi xonadonlarini asalarichilikka ixtisoslashtirish, asalari oilalarini yetishtirish, Asalarichilik sanoat markazida asal sotish doʻkonlari, asal mahsulotini qayta ishlash, qadoqlash, asalarichilik asbob-anjomlari va jihozlarini ishlab chiqarish, mahalliy sharoitda ona asalarilarini yetishtirish, “ustoz-shogird” anʼanasi asosida yoshlarni asalarichilik faoliyatiga jalb etish, asalarining turli kasalliklarining oldini olish boʻyicha veterinariya xizmatlari tashkil qilinadi.
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari Asalarichilik sanoat markazi tashkil etiladigan hududlarni aniqlab, ushbu hududlar tarkibiga kiritilgan yer uchastkalarini asalarichilik subyektlariga belgilangan tartibda ajratib berilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki qoʻyilsinki, Asalarichilik sanoat markazida faoliyat yuritish istagi boʻlgan asalarichilik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-yanvardagi PQ-84-son qaroriga muvofiq Fransiya taraqqiyot agentligining “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi doirasida jalb qilingan resurs mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining kreditlari ajratiladi.
5. Quyidagilar:
2023 — 2024-yillarda asalari oilalari sonini koʻpaytirish va asal yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2023 — 2024-yillarda asalarichilik subyektlari va mahalliy sharoitda yetishtiriladigan ona arilar sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatish boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun asalari bilan changlatish xizmatini koʻrsatishni tashkil etish;
asalarichilik subyektlari, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari va paxta-toʻqimachilik klasterlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar reyestrini yuritish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatish xizmatini koʻrsatadigan malakali mutaxassislarni tayyorlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatish agrotexnikasini va uni qoʻllashni yanada takomillashtirish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
7. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining asalarichilik loyihalarining 2024 — 2025-yillarga moʻljallangan manzilli dasturini shakllantirsin va ushbu maqsadlar uchun Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan bosqichma-bosqich 35 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlasin;
asalarichilik bilan shugʻullanuvchi aholi xonadonlarining taklifiga asosan asalarilarni boqish uchun mavsumiy ekin turidan kelib chiqib, fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlarini tekin foydalanish sharti bilan biriktirib borish choralarini koʻrsin.
8. “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan birgalikda paxta maydonlarida zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilishidan uch kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boʻlinmalarini va ushbu hududda joylashgan asalarichilik subyektlarini foydalanilayotgan kimyoviy vositani qoʻllash vaqti, uning nomi, taʼsir doirasi va muddati toʻgʻrisida xabardor qilib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi zararkunandalarga qarshi qoʻllanilayotgan kimyoviy vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mobil platformalardagi dasturlarda aks ettirib borilishini yoʻlga qoʻysin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hosilga kirgan intensiv mevali bogʻlar hosildorligini oshirish maqsadida 2024-yildan boshlab shartnoma asosida intensiv mevali bogʻlarda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-dekabrga qadar 2024-yildan boshlab har yili intensiv mevali bogʻlarda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash uchun Jamgʻarmaga teng ulushlarda qaytarish sharti bilan yillik 7 foiz stavkada budjet ssudasini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Belgilansinki:
a) Uyushmani saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
b) 2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi laboratoriyalarda Uyushmaning tavsiyasiga asosan mahalliy ishlab chiqarilgan asal sifatini tekshirish va xulosa berish bepul amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik isteʼmol ratsioniga asal mahsulotini kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Uyushma bilan birgalikda har yili 1 — 10-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro koʻrgazmasini oʻtkazib borsin hamda mazkur koʻrgazma doirasida:
respublika hududlarida yetishtirilgan asal va asalari mahsulotlari savdo yarmarkasini tashkil qilib, aholiga sifatli asal mahsulotlarini yetkazib berish;
asalarichilik sohasi rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislar va olimlarni taklif etgan holda asalarichilik boʻyicha ilgʻor tajribalarni targʻib qilish;
asalarichilar oʻrtasida tajriba almashish va ularning malakasini oshirish boʻyicha tasdiqlangan dastur asosida oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazish;
respublikada va xorijiy davlatlarda asalarichilik sohasida qoʻllanilayotgan ilgʻor texnologiyalar hamda uskunalar koʻrgazmasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilab qoʻyilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Uyushma bilan birgalikda asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan koʻrgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrib borsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Uyushma “Agrobank” ATB huzurida tashkil etilgan “Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bogʻlarda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllashning ahamiyati, iqtisodiy samarasi, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi va mahsulot sifatining oshishiga taʼsiri, bu borada asalarichilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlardagi tajribalarni qoʻllash boʻyicha paxta-toʻqimachilik klasterlari, fermer xoʻjaliklari va intensiv mevali bogʻ egalarining oʻquv kurslarini tashkil etsin.
“Agrobank” ATBga ushbu oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni tayyorlash, chet eldan malakali mutaxassislarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatish agrotexnikasining ahamiyati boʻyicha videorolik va telekoʻrsatuvlar tayyorlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tavsiya etilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi paxta va intensiv mevali bogʻlar hosildorligining oshishiga asalari bilan changlatish agrotexnikasining taʼsiri tahlilidan kelib chiqqan holda, “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta”siga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-iyun,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 239-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan gʻoʻzani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qoʻllaniladigan maydonlarning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Paxta-toʻqimachilik klasterlari soni
Jami paxta maydoni,
gektar
Gʻoʻzani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qoʻllaniladigan maydon,
gektar
Dalaga qoʻyiladigan asalari oilasi soni,
dona
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
11
86 800
13 000
26 000
2.
Andijon viloyati
15
74 996
14 000
28 000
3.
Buxoro viloyati
11
96 220
16 000
32 000
4.
Jizzax viloyati
6
82 100
12 500
25 000
5.
Qashqadaryo viloyati
18
137 500
19 500
39 000
6.
Navoiy viloyati
4
28 155
10 000
20 000
7.
Namangan viloyati
7
61 025
14 000
28 000
8.
Samarqand viloyati
11
73 246
18 000
36 000
9.
Surxondaryo viloyati
11
72 270
20 000
40 000
10.
Sirdaryo viloyati
9
77 500
10 000
20 000
11.
Toshkent viloyati
6
70 161
19 000
38 000
12.
Fargʻona viloyati
13
77 821
15 000
30 000
13.
Xorazm viloyati
12
82 757
19 000
38 000
Jami:
134
1 020 551
200 000
400 000
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 239-son qaroriga 2-ILOVA
2023 — 2024-yillarda asalari oilalari sonini koʻpaytirish va asal yetishtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Asalari oilalari soni,
dona
Farqi,
+-
Oʻsish,
foiz
Yetishtiriladigan asal miqdori,
tonna
Farqi,
+-
Oʻsish,
foiz
2023-yil
2024-yil
2023-yil
2024-yil
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
40 188
48 800
8 612
121,4
1 470
1 643
173
111,8
2.
Andijon viloyati
103 053
128 200
25 147
124,4
1 896
2 019
123
106,5
3.
Buxoro viloyati
120 364
143 600
23 236
119,3
2 900
3 200
300
110,3
4.
Jizzax viloyati
126 311
146 700
20 389
116,1
2 336
2 650
314
113,4
5.
Qashqadaryo viloyati
130 409
158 300
27 891
121,3
2 730
3 151
421
115,4
6.
Navoiy viloyati
89 230
110 400
21 170
123,7
2 006
2 342
336
116,7
7.
Namangan viloyati
251 275
290 000
38 725
115,4
5 617
6 036
419
107,5
8.
Samarqand viloyati
99 417
125 700
26 283
126,4
2 576
2 790
214
108,3
9.
Surxondaryo viloyati
104 727
127 200
22 473
121,4
2 421
2 706
285
111,7
10.
Sirdaryo viloyati
24 533
40 000
15 467
163,1
866
1 050
184
121,2
11.
Toshkent viloyati
84 146
102 000
17 854
121,2
1 973
2 254
281
114,2
12.
Fargʻona viloyati
131 211
165 000
33 789
125,8
2 356
2 633
277
111,8
13.
Xorazm viloyati
95 260
114 385
19 125
120,1
2 378
2 753
375
115,8
Jami:
1 400 124
1 700 285
300 161
128,6
31 525
35 227
3 702
111,7
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga ilovaning 12-bandiga muvofiq belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 239-son qaroriga 3-ILOVA
2023 — 2024-yillarda asalarichilik subyektlari va mahalliy sharoitda yetishtiriladigan ona arilar sonini koʻpaytirishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Asalarichilik subyektlari soni
Farqi,
+-
Oʻsish,
foiz
Mahalliy sharoitda yetishtiriladigan ona arilar soni
Farqi,
+-
Oʻsish,
foiz
2023-yil
2024-yil
2023-yil
2024-yil
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 750
2 050
300
117,1
40 414
47 801
7 387
118,3
2.
Andijon viloyati
2 850
3 180
330
111,6
158 691
171 137
12 446
107,8
3.
Buxoro viloyati
1 900
2 180
280
114,7
73 979
83 522
9 543
112,9
4.
Jizzax viloyati
2 050
2 400
350
117,1
62 589
79 623
17 034
127,2
5.
Qashqadaryo viloyati
1 900
2 210
310
116,3
99 159
117 355
18 196
118,4
6.
Navoiy viloyati
2 000
2 300
300
115,0
110 303
126 351
16 048
114,5
7.
Namangan viloyati
3 400
3 850
450
113,2
368 589
389 244
20 655
105,6
8.
Samarqand viloyati
2 650
2 920
270
110,2
56 709
70 722
14 013
124,7
9.
Surxondaryo viloyati
1 900
2 180
280
114,7
68 868
88 170
19 302
128,0
10.
Sirdaryo viloyati
620
910
290
146,8
37 699
47 155
9 456
125,1
11.
Toshkent viloyati
2 100
2 380
280
113,3
116 322
131 178
14 339
112,3
12.
Fargʻona viloyati
2 730
2 990
260
109,5
228 339
256 330
27 991
112,3
13.
Xorazm viloyati
2 150
2 450
300
114,0
78 339
91 497
13 158
116,8
Jami:
28 000
32 000
4 000
114,3
1 500 000
1 700 085
200 085
113,3
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga ilovaning 12-bandiga muvofiq belgilangan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/239/0355-son; 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son)