1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida
Mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dastur (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturda belgilangan vazifalarni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dastur tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqib, har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yoʻl xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
aholini chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.03.00 Eksport vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
chorvachilik sohasida sifat nazoratini kuchaytirish, eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, qoʻshilgan qiymat zanjiriga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay tadbirkorlik muhitini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi choralarni koʻrish;
chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini yanada rivojlantirish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish, ushbu sohaga zamonaviy bozor tamoyillarini keng joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarmogʻini modernizatsiya qilish, sohani diversifikatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya hamda xorijiy kapital oqimini koʻpaytirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
chorvachilik xoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qoʻshilgan qiymatni yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
chorvachilik va uning tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarini kengaytirish bilan integratsiyalashgan bilim va maʼlumotlarni tarqatishning samarador shakllarini joriy etish hisobidan ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini takomillashtirish, ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
chorva mollari mahsuldorligini oshirish va ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishni taʼminlash maqsadida bir gektar sugʻoriladigan va lalmi yer maydoni hisobidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar meʼyorlarini ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022-yilda Jahon bankining 300 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Dasturni oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har yili Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
8. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
PQ-120-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan
DASTUR
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dastur (keyingi oʻrinlarda — Dastur) chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini jadal rivojlantirish, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilashga qaratilgan.
1-bob. Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarining joriy holati tahlili
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
Bugungi kunda respublikamizda jami 18 032 ta chorvachilik xoʻjaliklari mavjud boʻlib, shundan 7 614 tasi qoramolchilik, 3 263 tasi qoʻy va echkichilik, 142 tasi yilqichilik, 52 tasi tuyachilik, 1 163 tasi parrandachilik, 4 829 tasi baliqchilik, 715 tasi asalarichilik va 254 tasi quyonchilik yoʻnalishida tashkil etilgan.
Birgina qoramolchilik yoʻnalishida 500 boshdan 1 000 boshgacha chorva moli boʻlgan xoʻjaliklar soni 256 taga, 1 000 bosh va undan yuqori chorva moli boʻlgan xoʻjaliklar soni 136 taga yetdi.
2021-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda parvarish qilinayotgan qoramollarning 91,8 foizi (2018-yilda 95,5 foiz) aholi xonadonlariga, 8,2 foizi (2018-yilda 4,5 foiz) fermer xoʻjaliklariga toʻgʻri kelgan.
Aholi jon boshiga goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish 47,5 kilogrammga (1 kishiga yillik meʼyor — 46,1 kilogramm), sut mahsulotlarini ishlab chiqarish koʻrsatkichi 336 kilogrammga (1 kishiga yillik meʼyor — 310,4 kilogramm) yetkazildi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
2021-yilda aholi xonadonlari va fermer xoʻjaliklarida parvarishlanayotgan 2,4 million bosh sigir va tanalar sunʼiy urugʻlantirilib, zoti yaxshilangan qoramollar bosh soni 54 foizga yetkazildi.
Bundan tashqari, chet davlatlardan goʻsht yoʻnalishidagi tez yetiladigan qoramollarning Aberdin-angus, Sharole, Gereford va Limuzin hamda sut yoʻnalishidagi Djersey, Shvits va Monbilyard kabi yangi zotlari olib kelindi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida bunday zotlarning 100 ming boshdan ortigʻi parvarishlanmoqda.
Shuningdek, mayda shoxli mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qoʻylarning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari hamda echkilarning Angor va Zanen zotlari chet davlatlardan olib keltirildi.
Shu bilan birga, chorva mollarining naslini yaxshilash boʻyicha jami 497 ta xoʻjalik naslchilik toifasiga oʻtkazilib, ularning soni 1 640 taga yetkazildi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
2021-yilda chorvachilik subyektlariga ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratilgan 339,7 ming gektar yer maydonlarining 37 ming gektariga yangi beda (100 ming gektarda eski beda mavjud), 158,5 ming gektariga silos uchun makkajoʻxori, 31,8 ming gektariga oq joʻxori, 13,8 ming gektariga xashaki lavlagi ekinlari ekilgan.
Shuningdek, gʻalladan boʻshagan 177 400 gektar yer maydoniga takroriy ozuqabop ekinlar ekilgan hamda chorva mollari uchun ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 23,8 million tonna ozuqa jamgʻarildi.
Biroq, boqilayotgan chorva mollarining bosh soni ajratilgan ozuqa ekin yer maydonlari meʼyoriga nisbatan (shartli bir bosh chorva moliga oʻrtacha 0,5-0,6 gektar) 2,5 baravar koʻp.
Ozuqabop ekinlar uchun ajratilgan har bir gektar ekin yerlaridan 10 — 12 tonnadan ozuqa jamgʻarish imkoniyatlari mavjud boʻlsa-da, har bir gektardan 6-7 tonnadan ozuqa jamgʻarilmoqda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Aholi jon boshiga tuxum yetishtirish 236 donaga va parranda goʻshti 6,5 kilogrammga yetkazildi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
2021-yilda baliq yetishtirish hajmi 400 ming tonnaga yetkazilib, kishi jon boshiga 3-4 kilogramm baliq mahsulotlari yetishtirilgan.
2-bob. Dasturning ustuvor yoʻnalishlari
1§. Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish
Ushbu ustuvor yoʻnalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali kelgusi besh yillikda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlashga erishiladi.
Respublikada sut va sut mahsulotlari sifatini yaxshilash, qayta ishlash quvvatlarini va mahsulot turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi hamda kelgusida ularni eksportga yoʻnaltirish choralari koʻriladi.
Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, goʻsht, sut, tuxum, parranda goʻshti va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlashda isteʼmol talabining oshishi hamda real daromadlarning ortishini hisobga olgan holda, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi koʻpaytirib boriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqi]
chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng koʻlamda tatbiq etish, xoʻjalik yuritish va ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini qoʻllash;
ilgʻor xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik va asalarichilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmogʻini oshirish;
goʻsht, sut, tuxum, parranda goʻshti, baliq, quyon goʻshti va asal mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni xalqaro sifat talablariga moslashtirish;
baliq, quyon goʻshti va asal mahsulotlarining tavsiya etilgan minimal isteʼmol normalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, aholining sogʻlom ovqatlanish madaniyatini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorvachilik sohasi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari oʻrtasidagi integratsiyani ilm-fan va bozor munosabatlari asosida tizimli ravishda takomillashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobini yuritish va monitoringini olib borish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich va keng koʻlamda joriy etish;
chorvachilik sohasida agrobiznes muhitini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy menejmentga asoslangan xoʻjalik yuritish usullarini qoʻllash maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish hamda jahon tajribalariga asoslangan konsalting xizmatlarini koʻrsatish tizimini keng joriy etish.
2§. Chorvachilik va uning tarmoqlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
1. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
Ushbu ustuvor yoʻnalish chorvachilik sohasida ozuqabop ekinlar uchun ajratilgan yerlar va mavjud yaylovlardan samarali foydalanish hamda ozuqabop ekinlar urugʻchiligini tizimli yoʻlga qoʻyish mexanizmlarini belgilab beradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
Respublikadagi mavjud yaylovlarda choʻllanish jarayonlarining oldini olish va ularning hosildorligini oshirish orqali chorva mollari uchun tabiiy hamda arzon ozuqa ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalaniladi.
Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish, ozuqabop ekinlar va yaylov oʻsimliklari urugʻlarini yetishtirishga ixtisoslashgan urugʻchilik xoʻjaliklarini koʻpaytirish hamda hosildorligi yuqori boʻlgan navlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
chorvachilik xoʻjaliklarida ozuqabop ekinlarni agrotexnik qoidalar asosida ekish, parvarishlash va oʻrib-yigʻib olishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash choralarini koʻrish;
ozuqabop ekinlarni joylashtirish tartibini qayta koʻrib chiqish va ozuqabop ekin yerlarini ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bogʻlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
ozuqabop ekin navlarini yaratgan mualliflarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik fermer xoʻjaliklaridagi ekin yerlarida ilmiy asoslangan holda ozuqabop ekinlarni almashlab ekishni yoʻlga qoʻyish;
kuchli ozuqalar tarkibini tahlil qilish uchun ixcham laboratoriyalar tashkil etish va mahsulot sifatini tahlil qilishni tizimli tartibga solish;
dukkakli oʻsimliklar uchun yer maydonlari ajratish orqali xoʻjaliklarda almashlab ekish amaliyotini takomillashtirish hisobiga tarkibi oqsilga boy boʻlgan ozuqa jamgʻarish miqdorini oshirish hamda yer va tuproq unumdorligini yaxshilash;
ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajoʻxori ekiladigan maydonlarni kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori va naslli qoramollarning bosh soniga nisbatan meʼyor darajasida va mutanosib ravishda ozuqabop ekinlar uchun sugʻoriladigan yer maydonlarini kengaytirishni tashkil etish.
2. Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
Mazkur yoʻnalish barcha toifadagi xoʻjaliklarda chorva mollarining naslini yaxshilash, chorvachilik fermer xoʻjaliklarining naslchilikka ixtisoslashuvini kengaytirish, sunʼiy urugʻlantirish koʻlamini oshirish orqali mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan sigirlardan zoti yaxshilangan nasl olishni koʻpaytirishga qaratilgan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Chorvachilik fermer xoʻjaliklari va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish orqali aholi xonadonlaridagi chorva mollarining zotini yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
naslli mol tayyorlab, yetkazib berishni koʻpaytirish hamda sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirish boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqish;
aholi xonadonlarida goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini koʻpaytirish va sunʼiy urugʻlantirishni yanada keng koʻlamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida aholining amaliy koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
chorvachilik fermer xoʻjaliklari, naslchilik xoʻjaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
chorva mollarining respublika iqlim sharoitiga moslashgan zotlarini chet davlatlardan keltirish, rayonlashtirish va ulardan yuqori mahsuldor nasl olishni koʻpaytirish, sunʼiy urugʻlantirish hamda embrion koʻchirib oʻtkazish boʻyicha kelgusi 5 yillikka moʻljallangan naslchilik rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash.
3. Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni koʻpaytirish.
Ushbu ustuvor yoʻnalishda chorva mollarini uy sharoitida va fermer xoʻjaliklarida boqish va parvarish qilishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish choralari belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
Sut va goʻsht mahsulotlarini saqlash, ozuqa tayyorlash, mikroiqlim sharoitlarini yaratish, sut sifatini joyida tekshirish, organik chiqindilardan tozalash va ushbu jarayonlarni keng yoʻlga qoʻyish orqali chorvachilik xoʻjaliklarida ishlab chiqarishning iqtisodiy samarasini jadallashtirish choralari koʻriladi.
Chorva hayvonlari va parrandalarni parvarishlash samaradorligini oshirish orqali sohada mehnat sarfi kamaytiriladi hamda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologik uskunalar va jihozlar bilan chorvachilik fermer xoʻjaliklarini taʼminlash va ularga qulay bozor sharoitlarini yaratib berish;
ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida chorvachilik xoʻjaliklari bilan chorvachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv maskanlari va laboratoriyalar oʻrtasidagi integratsiyani yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
chorvachilik sohasiga oid texnologik, marketing, iqtisodiy, ilmiy va amaliy foydali maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “Chorva” mobil ilovasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
xalqaro talablardan kelib chiqib, chorvachilik xoʻjaliklarida Global GAP, NACCP va boshqa xalqaro hamda milliy miqyosdagi standartlarni joriy etish;
chorva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish va sifat xavfsizligi barqarorligini taʼminlash.
4. Parrandachilik sohasini rivojlantirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Ushbu yoʻnalishda mamlakat aholisini yuqori sifatli parranda goʻshti va tuxum mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, ichki va tashqi bozorlarga mahalliy parrandachilik mahsulotlarini sotishni koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Parrandalarni ratsional oziqlantirish ishlari ilmiy asosda yoʻlga qoʻyiladi. Donli ozuqalarni yetishtirish va sotib olish boʻyicha klaster tizimini joriy etish orqali korxonalar ehtiyojini ozuqalar bilan taʼminlash choralari koʻriladi.
Aholi xonadonlarida parranda boqish ishlari parrandachilik korxonalari bilan kooperatsiya tizimi asosida tashkil etiladi hamda aholining bandligi taʼminlanib, daromadlari oshiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasiga asosan parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
parrandachilik sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, isteʼmolga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish;
parrandachilik mahsulotlari turlarini koʻpaytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, gʻoz va oʻrdakchilik hamda tuyaqushchilik kabi yoʻnalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
parranda uchun ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, veterinariya dori-darmonlari va dezinfeksiyalash vositalari, parrandachilik sohasida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
aholi xonadonlarida parranda goʻshti va tuxumga boʻlgan ehtiyojlarni yanada barqaror taʼminlash maqsadida xonaki parranda turlarini qishloq joylarida koʻpaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
5. Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish.
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida intensiv texnologiyalarni qoʻllash orqali baliq yetishtirish hajmini izchil koʻpaytirish, mamlakatimizning ichki bozorini mahalliy mahsulot bilan toʻldirish, tarmoq uchun kerakli barcha jihozlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, respublikaning ichki bozorida mavjud boʻlgan xom ashyolar asosida yetarlicha ozuqa ishlab chiqarishga erishish va baliq mahsulotlari eksportini kengaytirish vazifalari belgilanadi.
Baliqchilik xoʻjaliklari uchun ozuqa tayyorlash, qayta ishlash zavodlarini tashkil etish va intensiv texnologiyalarni joriy etish masalalarida malakali mutaxassislar va muhandislar yetishmasligi muammosini hal etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va intensiv usullarini keng joriy etish, shuningdek, tabiiy va sunʼiy suv havzalari hosildorligini koʻpaytirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini oshirish;
baliqlarning tropik turlarini chet davlatlardan keltirish va iqlim sharoitiga moslashtirish, chavoq ishlab chiqarish va sunʼiy urchitish texnologiyasini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimining zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini baholash, sertifikatlash va standartlashtirishni tizimli tashkil etish;
mahalliy sharoitda oqsilga boy balanslashtirilgan ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, intensiv akvakultura uchun zarur ozuqalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish va baliqlarni ilmiy asosda oziqlantirish choralarini koʻrish;
intensiv va dekorativ akvakultura, tabiiy suv havzalariga sayohat, rekreatsion baliq ovlash tizimi boʻyicha “Fish-food-trip” ekoturizm tijorat dasturini ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
6. Asalarichilik tarmogʻini rivojlantirish.
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida asalarichilik tarmogʻining boshqaruv tizimi, monitoring va statistik baza takomillashtiriladi hamda qishloq xoʻjaligi sohasining boshqa tarmoqlari bilan asalarichilik sohasini uzviy bogʻlagan holda samarali ish tashkil etish mexanizmlarini joriy etish belgilanadi.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan asal sifatini xalqaro standart talablariga moslashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tarmoqda asalarilar naslini va mahsulot sifatini yaxshilash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari joriy etiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
asalarichilikda intensiv texnologiyalarni qoʻllash orqali asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
asalarichilik tarmogʻida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan choralarni qoʻllash, Oʻzbekiston sharoitiga moslashgan “Karpat” va “Karnika” asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni koʻpaytirish boʻyicha “Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari” chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yoʻlga qoʻyish hisobiga sohani tijoratlashtirish;
asal sifatini xalqaro talablarga moslashtirish, dehqonchilik sohasida qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning asalarichilik sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
oʻrmon xoʻjaligi yerlari va qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida asalarilarni mavsumiy joylashtirish boʻyicha “Asalari xaritasi” chora-tadbirlarini ishlab chiqish va shu asosda asalarichilik xoʻjaliklarining harakatlanishini tartibga solish mexanizmlarini amaliyotda qoʻllash;
sunʼiy asal mahsulotlariga qoʻyilayotgan amaldagi standartlarni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish hamda inson salomatligida tabiiy asalning ahamiyatini yanada oshirish uchun isteʼmol madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan normativlarni ishlab chiqish.
7. Quyonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish.
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida sifatli quyon goʻshtini mamlakatda isteʼmol qilish darajasini koʻtarish hamda respublikada umumiy goʻsht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilmoqda.
Quyon goʻshtini sanoat usulida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish hisobiga quyon goʻshti isteʼmoli oshirib boriladi.
Quyonchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish uchun ishlab chiqaruvchilardan goʻsht mahsuloti va quyon terisini sotib oluvchi hamda qayta ishlovchi tashkilotlar tarmogʻi yanada kengaytiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
quyon boqishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish orqali respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xoʻjaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini koʻpaytirish choralarini koʻrish;
goʻsht yoʻnalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik boʻrdoqichilik xoʻjaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini koʻrish;
quyon goʻshtining isteʼmol madaniyatini oshirish va aholining ovqatlanish ratsionida quyon goʻshti ulushini koʻpaytirish;
ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmogʻida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
quyonchilik bilan shugʻullanuvchi oilaviy xoʻjaliklar faoliyatini takomillashtirish, ularni ragʻbatlantirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
3§. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida chorvachilik bilan shugʻullanuvchi subyektlarga ajratilgan yerlarning tanazzulga uchrashining oldini olish, tabiiy yaylovlarning hosildorligini oshirish orqali choʻllanish jarayonini sekinlashtirish masalalari hal etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
Yaylov yerlaridan maqsadli foydalanish orqali arzon ozuqa mahsulotlari yetishtiriladi hamda chorvachilik sohasida suv resurslari va energiya isteʼmoli tejamkorligiga erishiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Iqlim oʻzgarishi, tabiatning biologik xilma-xilligini saqlash va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro jarayonlarni eʼtiborga olgan holda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tabiiy resurslar barqarorligini va atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratish muhim hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
pichanzorlar va yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish hamda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazishning Milliy dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yaylovlardan foydalanganlik uchun toʻlov tizimini takomillashtirish, yaylovlardan foydalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish, yaylovlarning davlat nazoratini kuchaytirish va “Yaylov fondi”ni tashkil etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
tabiiy pichanzorlar, yaylovlar va sugʻoriladigan ekin yerlarini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va axborotlar almashinuvini kengaytirish, oʻsimliklarni parvarish qilish jarayonini kuzatish va baholash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xoʻjaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va organik chiqindilarning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga doir “Bioenergiya va yoqilgʻi” dasturini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
yer va suv resurslaridan oqilona foydalangan holda, mahsuldorlikni oshirib borish hisobiga chorva mollari bosh sonining oʻsish surʼatlarini maqbullashtirish va bu orqali atmosferaga ajraladigan issiqxona gazlarining chiqishini kamaytirish choralarini koʻrish;
tomorqa xoʻjaliklarini qulay sharoitlarda iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, biogumus, bioenergiya va bioisitish mahsulotlari ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish.
4§. Chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini yanada rivojlantirish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida dehqon va fermer xoʻjaliklarida parvarish qilinayotgan chorva mollariga zootexnika va veterinariya xizmatlarini koʻrsatishni yetarli darajada taʼminlash choralari belgilanadi.
Chorva hayvonlarining sogʻligʻini himoya qilish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni boshqarishning milliy tizimi Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini muhofaza qilish tashkiloti (OIE) normalariga muvofiqlashtiriladi.
Kichik chorvachilik xoʻjaliklari negizida mahsulotlarni qayta ishlash tizimini kengaytirish va bunga aholi xonadonlarini biriktirish, shuningdek, bozor tamoyillari asosida mahsulotlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish maqsadida dastlabki qayta ishlash va qadoqlashning kichik quvvatlarini kengaytirishga sharoit yaratib beriladi.
Hayvonlarni hisobga olish va monitoring qilishdan tashqari ularni identifikatsiyalash va sertifikatlash, chorvachilik mahsulotlarining kelib chiqishi va ularni saqlash usullari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar asosida chorvachilik mahsulotlarining sotuv darajasi va xavfsizligi oshiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
ozuqa ishlab chiqarish va yem-xashak tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish, organik materiallardan foydalanish, chorvachilik mahsulotlarini saqlash va yetkazib berish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli turdagi uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
chorvachilik fermalari va dehqon xoʻjaliklaridagi organik chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash koʻlamini kengaytirish maqsadida kichik biznes subyektlarini jalb etish.
5§. Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini takomillashtirish
Ushbu ustuvor yoʻnalish doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni sohani rivojlantirish uchun yoʻnaltirish va ularni taʼlim va maslahat muassasalari orqali amalga oshirishni taʼminlash choralari koʻriladi.
Ilmiy muassasalar faoliyatini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash orqali ilmiy kadrlarning qoʻnimsizligiga barham berish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish hamda mahalliy chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning real jarayonlari bilan ilm-fanni bogʻlash chora-tadbirlari belgilanadi.
Chorvachilik sohasi rivojlangan yetakchi mamlakatlar olimlari bilan ilmiy muassasalarning xalqaro hamkorligi doirasida keng koʻlamdagi loyihalar ishlab chiqiladi. Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻyicha tajribalarni oshirish, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoiti va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga javob beradigan aniq mavzudagi tadqiqotlarni olib borish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etiladi.
Chorva hayvonlarining genetikasi, ularni parvarishlash va boqish usullari, ekologik muammolar, qayta ishlash masalalarida amalga oshiriladigan tadqiqotlarni mablagʻlar bilan yetarli miqdorda taʼminlash va ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni chuqurlashtirish uchun mahalliy grant mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizimli choralarni koʻrish;
xalqaro fondlar va moliya institutlari ishtirokida (FAO, UNDP, MASNAV, WORLD BANK, ICBA, GIZ) chorvachilik sohasini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda bunda ilm-fan va taʼlim muassasalarining ishtirokini kengaytirish;
chorvachilik sohasi doirasida xizmatlar va axborot-maslahat (extension) markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va muvofiqlashtirishni tashkil etish.
3-bob. Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Dasturda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish natijasida 2026-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasida quyidagi natijalarga erishiladi:
a) respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish yoʻnalishida:
sut yetishtirish hajmi 11,5 million tonnadan 22 million tonnaga, aholi jon boshiga esa 336 kilogrammdan 560 kilogrammga oshiriladi;
qoramol goʻshtini yetishtirish (tirik vaznda) 1 980 ming tonnadan 2 864 ming tonnaga, qoʻy va echki goʻshti — 400 ming tonnadan 650 ming tonnaga, aholi jon boshiga esa 47,5 kilogrammdan 69,4 kilogrammga yetkaziladi;
chorva hayvonlarini saqlash, parvarish qilish, boqish jarayonlari bilan bogʻliq ishlarni avtomatlashtirish hamda bino-inshootlarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash koʻlami oshiriladi;
qoʻy va echkilar junining sifatini tahlil qilish va baholash tizimi yaratiladi hamda junni mahalliy qayta ishlash quvvatlari oshiriladi;
b) chorvachilik va uning tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish yoʻnalishida:
asosiy ozuqabop ekinlar hosildorligi (beda — 10 tonnadan 20 tonnaga va silos uchun makkajoʻxori — 32 tonnadan 70 tonnaga) oshiriladi;
ozuqabop ekinlar urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari soni 320 tadan 400 taga yetkaziladi;
togʻ va togʻoldi yaylovlariga qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan yem-xashak oʻsimliklarini ekish bilan ularning hosildorligi 8 sentnerdan 12 sentnerga oshiriladi;
ozuqabop ekinlarning hosildorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, yaylovlarda ozuqa manbaini koʻpaytirish va urugʻchilik bazasini mustahkamlash hisobiga chorvachilik ozuqa bazasi yanada mustahkamlanadi;
v) chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida:
umumiy qoramollar podasida sof zotli yuqori mahsuldor naslli qoramollarning ulushi 9 foizdan 33 foizga oshiriladi;
umumiy qoramollar podasida zoti yaxshilangan mahalliy qoramollarning ulushi 54 foizdan 90 foizga yetkaziladi;
chorva hayvonlarini shaxsiy tomorqalarda saqlash va boqishning ilmiy asoslangan va innovatsion usullaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tizimli tashkil etish hisobiga fermer xoʻjaliklari va ayniqsa, aholi xonadonlaridagi mahalliy mollarning zotdorligi va mahsuldorligi oshiriladi;
g) chorva mollarining mahsuldorligini oshirish yoʻnalishida:
xalqaro va milliy standartlarga (Global GAP, NACCP va boshqalar) javob beradigan fermer xoʻjaliklarining ulushi 1 foizdan 30 foizga yetkaziladi;
goʻshtdor qoramollarning mahsuldorligini oshirish maqsadida fermer va dehqon xoʻjaliklarining ishlab chiqarish faoliyatida ilmiy va oʻquv muassasalari bilan integratsiyasi rivojlantiriladi;
d) parrandachilik sohasini rivojlantirish yoʻnalishida:
parranda goʻshtini yetishtirish hajmi 210 ming tonnadan 536 ming tonnaga oshiriladi;
tuxum yetishtirish miqdori 8,1 milliard donadan 12,8 milliard donaga, aholi jon boshiga esa 236 donadan 329 donaga yetkaziladi;
parrandachilik korxonalari faoliyatiga tegishli biologik va texnik xavfsizlik talablarini belgilovchi hujjatlar ishlab chiqiladi;
e) baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish yoʻnalishida:
baliq yetishtirish hajmi 400 ming tonnadan 1 million tonnaga oshiriladi;
ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun foydalaniladigan sugʻoriladigan yerlarning tanazzulga uchrashi, shuningdek, yaylov yerlarining degradatsiyasi va choʻllanish jarayonlarining oldi olinadi;
yaylovlardan nazoratsiz foydalanish ishlari tartibga solinadi va yaylovlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli vakolatli organlar faoliyati takomillashtiriladi;
k) chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini yanada rivojlantirish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini kengaytirish yoʻnalishida:
chorvachilik sohasidagi fermer va dehqon xoʻjaliklarining barqaror rivojlanishi uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
zootexnik xizmatlarni koʻrsatish tizimi yanada takomillashtiriladi;
chorva hayvonlarini hisobga olish va kuzatish mexanizmlari yanada takomillashtirilib, yirik va mayda shoxli mollarni identifikatsiyalash tizimli yoʻlga qoʻyiladi;
l) ilmiy-tadqiqot institutlari salohiyatini oshirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish vazifalari yuklangan xoʻjalik birlashmalari va uyushmalar bilan birgalikda tajriba-sinov xoʻjaliklari tashkil etiladi va ularni davlat tomonidan muvofiqlashtirish ishlari yoʻlga qoʻyiladi.
4-bob. Dasturning maqsadli koʻrsatkichlari va ularni monitoring qilish
Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish mazkur Dasturga ilovada belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha har yili 20-dekabrga qadar kelgusi yilga moʻljallangan chora-tadbir ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Dasturning maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishi ustidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan monitoring qilib boriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturda belgilangan vazifalarni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼullar
I. Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish
1.
Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng koʻlamda tatbiq etish, xoʻjalik yuritish va ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini qoʻllash.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-mart
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
2.
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik va asalarichilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ulushini oshirish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
3.
Chorvachilik mahsulotlari, jumladan, baliq, quyon goʻshti va asal mahsulotlarining tavsiya etilgan minimal isteʼmol normalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, aholining sogʻlom ovqatlanish madaniyatini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-aprel
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
4.
Goʻsht, sut, tuxum, parranda goʻshti, baliq, quyon goʻshti va asalarichilik mahsulotlari sifatini, ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlar sifatini xalqaro norma talablariga moslashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-oktabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
5.
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorvachilik sohasi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari oʻrtasidagi integratsiyani ilm-fan va bozor munosabatlari asosida tizimli ravishda takomillashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
6.
Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobini yuritish va monitoring olib borish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich va keng koʻlamda joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-mart
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
7.
Chorvachilik sohasida agrobiznes muhitini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy menejmentga asoslangan xoʻjalik yuritish usullarini qoʻllash maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish hamda jahon tajribalariga asoslangan konsalting xizmatlarni koʻrsatish tizimini keng joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
II. Chorvachilik va uning tarmoqlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish
1. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish
8.
Ozuqabop ekin navlarini yaratgan mualliflarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
Qaror loyihasi
2022-yil 1-iyul
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik fermer xoʻjaliklarining boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarini dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga ikkilamchi ijaraga berish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Qaror loyihasi
2022-yil 1-iyul
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
10.
Mahalliy hokimliklar zaxirasidagi yaylov yerlaridan foydalanish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va kooperatsiya asosida aholiga foydalanishga berishni muvofiqlashtirish.
Qaror loyihasi
2022-yil 1-noyabr
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
11.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik fermer xoʻjaliklaridagi ekin yerlarida ilmiy asoslangan holda ozuqabop ekinlarni almashlab ekish tizimini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyul
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Ozuqabop ekinlar va yaylov oʻsimliklari urugʻlarini yetishtirishga ixtisoslashgan urugʻchilik xoʻjaliklarini koʻpaytirish hamda urugʻliklarning fermer xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berilishini tizimli tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyun
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
13.
Ozuqabop ekinlarni joylashtirish tartibini qayta koʻrib chiqish va ozuqabop ekin yerlarini ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bogʻlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyun
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
14.
Ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish hamda hosildorligi yuqori boʻlgan navlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Qaror loyihasi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
15.
Chorvachilik xoʻjaliklarida ozuqabop ekinlarni agrotexnik qoidalar asosida ekish, parvarishlash va oʻrib-yigʻib olishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
16.
Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan kuchli ozuqalar tarkibini joyida tahlil qilish uchun mobil laboratoriyalar tashkil etish va mahsulot sifatini nazorat qilishni tartibga solish mexanizmlarini joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-oktabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
17.
Dukkakli oʻsimliklar uchun yer maydonlarini ajratish orqali xoʻjaliklarda almashlab ekish amaliyotini takomillashtirish hisobiga tarkibi oqsilga boy boʻlgan ozuqa jamgʻarish miqdorini oshirish hamda yer va tuproq unumdorligini yaxshilash.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-mart
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
18.
Ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajoʻxori ekiladigan maydonlarni kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-mart
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
19.
Chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori va naslli qoramollarning bosh soniga nisbatan meʼyor darajasida va mutanosib ravishda ozuqabop ekinlar uchun sugʻoriladigan yer maydonlarini kengaytirishni tashkil etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-mart
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2. Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash
20.
Naslli mol tayyorlab, yetkazib berishni koʻpaytirish hamda sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
21.
Aholi xonadonlarida goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini koʻpaytirish va sunʼiy urugʻlantirishni keng koʻlamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past boʻlgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi toʻgʻrisida aholining amaliy koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrish.
Reja-grafik
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
22.
Respublikaning har bir hududida nasldor mol tayyorlab, yetkazib berishga ixtisoslashgan, chet davlatlardan keltiriladigan naslli qoramollarni boqish, parvarishlash, saqlash, oziqlantirish va iqlim sharoitga moslashtirish boʻyicha maslahat xizmatlarini amalga oshirishuvchi seleksiya markazlarini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
23.
Naslli buqalarning urugʻlik materiallarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish, zotlar boʻyicha zaxirasini tashkil etish va “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish orqali eksportga chiqarishni yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
24.
Chorvachilik fermer xoʻjaliklari, naslchilik xoʻjaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
25.
Mamlakatda chorvachilikni rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot mavzulari va ilmiy ishlanmalarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi ilmiy-texnik kengashda koʻrib chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
26.
Chorva mollarining respublika iqlim sharoitiga moslashgan zotlarini chet davlatlardan keltirish, rayonlashtirish va ulardan yuqori mahsuldor nasl olishni koʻpaytirish boʻyicha kelgusi 5 yillikka moʻljallangan naslchilik rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3. Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni koʻpaytirish
27.
Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan chorvachilik xoʻjaliklarida “Smart animal farm” raqamli dasturida ishlovchi texnik xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻqitishni tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
28.
Chorvachilik sohasiga oid texnologik, marketing, iqtisodiy, ilmiy va amaliy foydali maʼlumotlarning tezkor axborot almashinuviga doir “Chorva” mobil ilovasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
29.
Ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida chorvachilik xoʻjaliklari bilan chorvachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv maskanlari va laboratoriyalar oʻrtasidagi integratsiyani onlayn tarzda yoʻlga qoʻyish maqsadida “Chorva masofaviy xizmat” dasturini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
30.
Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologik uskunalar va jihozlar bilan chorvachilik fermer xoʻjaliklarini taʼminlash va ularga qulay bozor sharoitlarini yaratib berish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
31.
Xalqaro talablardan kelib chiqib, chorvachilik xoʻjaliklarida GlobalGAP, NACCP va boshqa milliy hamda xalqaro miqyosdagi standartlarni joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
32.
Chorva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish va sifat xavfsizligi barqarorligini taʼminlash maqsadida “Fermadan dasturxongacha” tamoyilini joriy etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4. Parrandachilik tarmogʻini rivojlantirish istiqbollarini belgilash
33.
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
34.
Parrandachilik mahsulotlari turlarini koʻpaytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, gʻoz va oʻrdakchilik hamda tuyaqushchilik yoʻnalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
35.
Aholi xonadonlarida parranda goʻshti va tuxumga boʻlgan ehtiyojlarni yanada barqaror taʼminlash maqsadida xonaki parranda turlarini qishloq joylarida koʻpaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi
36.
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish maqsadida ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, veterinariya dori-darmonlari va dezinfeksiyalash vositalari, parrandachilik sohasida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.
Takliflar ishlab chiqish
2022-yil 1-avgust
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
37.
Parrandachilik tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, isteʼmolga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
5. Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
38.
Baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va intensiv usullarini keng joriy etish, shuningdek, tabiiy va sunʼiy suv havzalari hosildorligini koʻpaytirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini oshirish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
39.
Baliqchilik yaylov akvakulturasi va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga tabiiy koʻllarda baliq ovlash tizimini takomillashtirish hamda hovuz baliqchiligi xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
40.
Xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimining zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini baholash, standartlashtirish va sertifikatlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-oktabr
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
41.
Intensiv va dekorativ akvakultura, tabiiy suv havzalariga sayohat, rekreatsion baliq ovlash tizimi boʻyicha “Fish-food-trip” ekoturizm tijorat dasturini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-oktabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
42.
Mahalliy sharoitda oqsilga boy balanslashtirilgan ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, intensiv akvakultura uchun zarur ozuqalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish va baliqlarni ilmiy asosda oziqlantirish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
6. Asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
43.
Asalarichilik tarmogʻida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻrish, Oʻzbekiston sharoitiga moslashgan “Karpat” va “Karnika” asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni koʻpaytirish boʻyicha “Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari” dasturini amalga oshirish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
44.
Asal sifatini xalqaro talablarga moslashtirish, zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning asalarichilik sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirishni tartibga solish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
45.
Oʻrmon xoʻjaligi yerlari va qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida asalarilarni mavsumiy joylashtirish boʻyicha “Asalari xaritasi” dasturini ishlab chiqish va shu asosida oʻrmon xoʻjaligi yerlariga asalarilarni joylashtirishni tashkil etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
46.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yoʻlga qoʻyish hisobiga tarmoqni tijoratlashtirish maqsadida asalarilar bilan changlatish xizmatini bosqichma-bosqich joriy etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
47.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Asalarichilik ilmiy-tajriba stansiyasi va xoʻjalik hisobidagi Asalarichilarni oʻqitish maktabini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-sentabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
7. Quyonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish
48.
Quyon boqishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xoʻjaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini koʻpaytirish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi
49.
Goʻsht yoʻnalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik boʻrdoqichilik xoʻjaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi
50.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmogʻida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va sunʼiy urugʻlantirishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
III. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish
54.
Tabiiy pichanzorlar, yaylovlar va sugʻoriladigan ekin yerlarini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va axborotlar almashinuvini kengaytirish, oʻsimliklarni parvarish qilish jarayonini kuzatish va baholash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Raqamli dastur loyihasini ishlab chiqish
2022-yil 1-may
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
55.
Pichanzorlar va yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish hamda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazishning Milliy dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-aprel
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
56.
Yaylovlardan foydalanganlik uchun toʻlov tizimini takomillashtirish, yaylovlardan foydalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish, yaylovlarning davlat nazoratini kuchaytirish va “Yaylov fondi”ni tashkil etish.
Takliflar ishlab chiqish
2022-yil 1-iyul
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
57.
Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va organik chiqindilarning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga doir “Bioenergiya va yoqilgʻi” dasturini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Energetika vazirligi
58.
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsuldorligi past boʻlgan mahalliy zotlarni yuqori mahsuldorlikka ega boʻlgan naslli zotlarga almashtirish choralarini koʻrish hisobiga chorva mollari bosh sonining oʻsish surʼatlarini maqbullashtirish va bu orqali issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Gidrometeorologiya xizmati markazi
59.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning iqlim oʻzgarishiga bogʻliq milliy va xalqaro loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
60.
Tomorqa xoʻjaliklarini qulay sharoitlarda iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, biogumus, bioenergiya va bioisitish mahsulotlari ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
61.
Chorvachilikni rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadqiqotlar va amaliy tadbirlar ijrosi uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini, grant mablagʻlari va begʻaraz yordamlarini jalb qilish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
IV. Chorvachilik sohasida infratuzilmani kengaytirish va rivojlantirish
62.
Chorvachilik sohasidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida zarur asbob-uskunalarni sotib olish, ulardan foydalanish, mahsulot sotish, bozor va texnologik tadqiqotlarni amalga oshirish yoʻnalishidagi klaster va kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
63.
Ozuqa ishlab chiqarish va yem-hashak tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish, organik materiallardan foydalanish, chorvachilik mahsulotlarini saqlash va yetkazib berish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli turdagi uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
64.
Chorvachilik fermalari va dehqon xoʻjaliklaridagi organik chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash koʻlamini oshirish maqsadida kichik biznes subyektlarini jalb etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
65.
Fermer xoʻjaliklari vakillari va aholining investitsiya loyihalarini tayyorlash, ularning afzalliklari, bank va boshqa moliyaviy manbalardan kredit mablagʻlarini olish tartibi toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
V. Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini takomillashtirish
66.
Chorvachilik sohasidagi ilmiy loyihalar uchun grant mablagʻlarini taqsimlash tizimini yoʻlga qoʻyishda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlik oʻrnatish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-aprel
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
67.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib, tarmoqlarga oid xoʻjalik yuritishning zamonaviy boshqaruvini tashkil etish, uning iqtisodiy samarasini oshirish, marketing tadqiqotlarini kuchaytirish va logistikani takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
68.
Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni chuqurlashtirish uchun mahalliy grant mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
69.
Xalqaro fondlar va moliya institutlari ishtirokida (FAO, UNDP, MASNAV, WORLD BANK, ICBA, GIZ) chorvachilik sohasini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda bunda ilm-fan va taʼlim muassasalari ishtirokini kengaytirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-oktabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
70.
Chorvachilik sohasi doirasida xizmatlar va axborot-maslahat (extension) markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va muvofiqlashtirishni tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
VI. Chorvachilik sohasida xoʻjalik yuritish faoliyatini tashkillashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish
71.
Chorvachilik xoʻjaliklarining kooperatsiya tuzishning afzalliklari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish, kooperatsiya maqsadini bozor munosabatlariga qaratish, resurslarni birlashtirish orqali yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini tashkil etish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
72.
Chorvachilik sohasida kooperatsiyalarni rivojlantirish uchun tashkiliy asoslarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, ushbu boshqaruv shakli va tadbirkorlik yoʻnalishini bozor sharoitiga moslashtirish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
73.
Kooperatsiya doirasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarni ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda mustahkamlash choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-sentabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
74.
Kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish orqali chorvachilik bilan band boʻlgan dehqon xoʻjaliklarini isteʼmolchilar ehtiyojiga qaratilgan tovar ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish, bunda chorvachilik mahsulotlarini yigʻish, sotish, muvofiqlashtirish va mahsulotlar sifatini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-noyabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
VII. Bozor munosabatlari sharoitida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida band boʻlgan aholining ijtimoiy holatini yanada barqarorlashtirish
75.
Aholi xonadonlarini chorva hayvonlarini parvarishlash, saqlash va mahsulotlarni qayta ishlash hamda bozorlarda sotish boʻyicha ixcham asbob-uskunalar bilan taʼminlash hamda xarajatlarni qisqartish uchun texnikaviy salohiyat va imkoniyatlarni oshirish.
Chora-tadbirlar dasturi
2022-yil 1-may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi
76.
Qishloq joylarida xotin-qizlar mehnati asosida chorvachilik sohasidagi mahsulotlarni qayta ishlashni rivojlantirish va tomorqa biznes maktablarini yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Mahalla va oilani
qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 07/22/120/0132-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)