Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2019-yil 19-martdagi 01-11/01-05-son qarori (roʻyxat raqami 3155, 2019-yil 19-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3155/2975-son) bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash
metodikasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Metodika Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini (bundan buyon matnda loyihalar deb yuritiladi), shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini tovar va moliya bozoridagi raqobatga taʼsirini baholash (bundan buyon matnda raqobatga taʼsirni baholash deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 12-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral)” degan soʻzlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarida (roʻyxat raqami 3333, 2021-yil 18-noyabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.