Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son “Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 21-iyuldagi 18-mh-son “Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-1, 2015-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 391-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-apreldagi 5-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-2, 2018-yil 5-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/1992-2/1171-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 17-maydagi 2-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992-3, 2022-yil 3-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 10/22/1992-3/0474-son).