Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish, milliy va xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olishda ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yagona standartlari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining uning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Commissions (IOSCO)ga aʼzo boʻlib kirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotida Oʻzbekiston Respublikasidan vakolatli vakil etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda zarur hujjatlarni tayyorlasin va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga kirish badallarini toʻlash uchun xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha 5000 AQSH dollariga teng miqdorda milliy valyutada mablagʻlar ajratsin;
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga aʼzolik badallarini toʻlash uchun har yili xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha 5000 AQSH dollariga teng miqdorda milliy valyutada mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.