Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “, bank aksiyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilar” degan soʻzlar “va aksiyadorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar mustasno).
Mazkur bandning ikkinchi–beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar bank aksiyalariga bilvosita ham egalik qilishi mumkin emas.”.
3.
67-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumot bank aksiyalari chet el fond bozorlarida sotib olinganda taqdim etilmaydi.”.