Oʻzbekiston respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirIning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 58-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2529, 2013-yil 22-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 624-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Pochta emissiyalari boʻyicha komissiya Raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi, uning tarkibiga Vazirlik, milliy operator, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, Oʻzbekiston filatelistlari jamiyatining vakillari kiritilishi mumkin.”;
sakkizinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vaziri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 19-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vaziriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.