1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning barqarorligini taʼminlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks boshqarish hamda sanitariya holatini yaxshilash borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, xalqaro normalarni milliy qonunchilikka uygʻunlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish hamda atrof muhitning xavfsiz darajasini saqlab qolish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarida faol ishtirok etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi yangi xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlar talablaridan kelib chiqadigan majburiyatlarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 20-oktabr kuni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga aʼzo boʻlganligi;
xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilot talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi aʼzolik badalini toʻlab borish yuzasidan majburiyat olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil uchun Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badalini budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yildan boshlab Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining soʻroviga asosan aʼzolik badallarini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-may,
PQ-172-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-172-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar