toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 5-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda maʼqullangan
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) quyidagi bayonot bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Konvensiyaning 25-moddasi 4-bandiga muvofiq A, V yoki S ilovalarga har qanday tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi uchun faqat bunday tuzatishlarni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, maqullash yoki ularga qoʻshilish haqida uning hujjatlari saqlashga topshirilgandan keyin kuchga kiradi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-may,
OʻRQ-535-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 03/19/535/3110-son)