Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qarori (roʻyxat raqami 2749, 2016-yil 6-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) “v” kichik bandning
uchinchi xatboshisidagi “va Moliya vazirligining” degan soʻzlar “hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “va Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
“g” kichik banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qarori kuchga kirgandan soʻng, u 2 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, shuningdek mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga yuboriladi.”.
3. 4-ilova
matnidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.