Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 153, 350-V va 56-son qarori (roʻyxat raqami 3121, 2019-yil 15-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 10/19/3121/2483-son) bilan tasdiqlangan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.