toggle_night_mode
Hujjat 19.05.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-may,
1263-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 19-maydagi 1263-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-bandning “a” va “v” kichik bandlaridagi, 15-bandning birinchi xatboshisi hamda “a” va “v” kichik bandlaridagi, shuningdek 41-bandning “a” kichik bandidagi “Vazirlar Kengashi” degan soʻzlar “Joʻqorgʻi Kengesi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolariga saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik kompensatsiya (transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun) toʻlab beriladi. Bunda, toʻlovlar:
okrug saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravarida;
okrug saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari va kotibiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,5 baravarida;
okrug saylov komissiyasining boshqa aʼzolariga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravarida;
uchastka saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,2 baravarida;
uchastka saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari va kotibiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravarida;
uchastka saylov komissiyalarining boshqa aʼzolariga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 0,7 baravarida amalga oshiriladi.
Ushbu toʻlovlar imzo huquqiga ega saylov komissiyalari raislari va hokimliklar bosh buxgalterlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yoʻriqnomaning 4b-ilovasida keltirilgan shakldagi roʻyxat boʻyicha saylov komissiyalari aʼzolariga toʻlanadi.
Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish saylov kuniga uch kun qolganga qadar toʻliq taʼminlanadi.”.
3. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. MSK tomonidan yetkazilgan va saylov jarayonlarida foydalanish uchun taqdim qilingan tovar-moddiy qimmatliklar quyidagi tartibda saqlanadi:
a) MSK tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar tegishli tuman yoki shahar hokimligi balansiga qabul qilish-topshirish dalolatnomalari boʻyicha haq toʻlamaslik sharti bilan qabul qilinadi;
b) tuman yoki shahar hokimligi qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklarga inventar raqam beradi va ularning saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxsni belgilaydi;
v) moddiy javobgar shaxs mazkur Yoʻriqomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi taqsimot boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni tegishli hududda tuzilgan uchastka saylov komissiyasi raisiga topshiradi;
g) saylov natijalari eʼlon qilingandan soʻng uchastka saylov komissiyasining raisi tuman yoki shaharda tovar-moddiy qimmatliklar uchun moddiy javobgar shaxsga mazkur Yoʻriqnomaning 5a-ilovasida keltirilgan shakldagi taqsimot boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni topshiradi;
d) qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar va moddiy javobgar shaxslar roʻyxatlari tuman va shaharlar kesimida jamlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan shaklda saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin oʻttiz kundan kechikmasdan MSKga taqdim qilinadi;
e) tuman va shahar hokimliklari jihozlarni (saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, davlat bayrogʻi, davlat gerbi, ichki va tashqi flagshtoklar) bir joyda jamlagan holda yaroqli holatda saqlash uchun omborxonalar bilan taʼminlashga masʼuldirlar;
z) olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi saylov uchastkalarida foydalanilgan jihozlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda (omborxonalarda) jamlagan holda moddiy javobgar shaxsning nazorati ostida yaroqli holatda saqlanishi mumkin.”.
4. 3-ilova matnidagi “Vazirlar Kengashi” degan soʻzlar “Joʻqorgʻi Kengesi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

DALOLATNOMA

20__ yil “____” __________________

____________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) _________________ (tuman va shahar) xokimligining balansida mavjud boʻlgan quyidagi jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklari hokimlikning moddiy javobgar shaxsi _________________________ (F.I.O.) tomonidan _________________________________________________ (saylov turi koʻrsatiladi) saylovida foydalanish uchun ________ -uchastka saylov komissiyasi raisi _________________________ (F.I.O.) ning moddiy javobgarligiga topshiradi:

T/r

Tovar-moddiy boyliklar nomi

Oʻlchov birligi

Soni

Ishlab chiqarilgan yili

Izohlar

1.‎

Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (ichki)

dona

2.‎

Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (tashqi)

dona

3.‎

Oʻzbekiston Davlat gerbi

dona

4.‎

Ovoz berish qutisi (katta)

dona

5.‎

Ovoz berish qutisi (kichik)

dona

6.‎

Ovoz berish qutisi (koʻchma)

dona

7.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(2-xonalik)

dona

8.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(3-xonalik)

dona

9.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(4-xonalik))

dona

10.‎

Flagshtok (ichki)

dona

11‎

Flagshtok (tashqi)

dona

12.‎

Koʻchma kabinasi

dona

13.‎

Muhr (dumaloq rezinali)

dona

Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida toʻldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi hamda Qoraqalpogʻiston Davlat gerbi kiritiladi.

Topshiruvchi tomon:

‎tuman yoki shahar xokimligining ‎tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari: _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)

tuman yoki shahar xokimligining ‎moddiyjavobgar shaxsi: _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qiluvchi tomon:

_______ -uchastka saylov komissiyasi raisi: _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)”.

6. Quyidagi mazmundagi 5a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5a-ILOVA

DALOLATNOMA

20__ yil “____” __________________

____________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) _________________ (tuman va shahar) ________ -uchastka saylov komissiyasi raisi _________________________ (F.I.O.) _________________________________________________ (saylov turi koʻrsatiladi) saylovida foydalanish uchun qabul qilgan jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni hokimlikning moddiy javobgar shaxsi _________________________ (F.I.O.)ga qayta topshiradi:

T/r

Tovar-moddiy boyliklar nomi

Oʻlchov birligi

Soni

Ishlab chiqarilgan yili

Izohlar

1.‎

Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (ichki)

dona

2.‎

Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (tashqi)

dona

3.‎

Oʻzbekiston Davlat gerbi

dona

4.‎

Ovoz berish qutisi (katta)

dona

5.‎

Ovoz berish qutisi (kichik)

dona

6.‎

Ovoz berish qutisi (koʻchma)

dona

7.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(2-xonalik)

dona

8.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(3-xonalik)

dona

9.‎

Yashirin ovoz berish kabinasi ‎(4-xonalik))

dona

10.‎

Flagshtok (ichki)

dona

11‎

Flagshtok (tashqi)

dona

12.‎

Koʻchma kabinasi

dona

13.‎

Muhr (dumaloq rezinali)

dona

Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida toʻldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi hamda Qoraqalpogʻiston Davlat gerbi kiritiladi.

Topshiruvchi tomon:

_______ -uchastka saylov ‎‎komissiyasi raisi:‎‎ _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qiluvchi tomon:

‎tuman yoki shahar xokimligining ‎tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari: _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)

tuman yoki shahar xokimligining ‎moddiy javobgar shaxsi: _________________ _________________

(imzo)

(F.I.O.)”.