1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda yurtimizda yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish orqali bozor mexanizmlarini joriy etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazoratini taʼminlash borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Jumladan, yoqilgʻi-energiya taʼminoti tizimida vertikal boshqaruv va qatʼiy idoraviy nazoratning susayib ketganligi energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oshib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarishdan boshlab isteʼmolchiga yetkazib berilgunga qadar boʻlgan jarayonlarni nazorat qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari toʻliq tatbiq etilmaganligi inson omilining yuqori darajada saqlanib qolishiga olib kelmoqda.
Ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi korxonalar va nazorat idoralari oʻrtasida tizimli axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning axborot resurslari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini bermayapti.
Yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun ragʻbatlantirish tizimining yoʻqligi ushbu yoʻnalishda jamoatchilik nazorati yetarlicha olib borilmasligiga sabab boʻlmoqda.
Foydalanilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun qatʼiy toʻlov intizomining yoʻlga qoʻyilmaganligi, undiruvning zamonaviy usullari joriy etilmaganligi sohada qarzdorlikning oshishiga, bu esa taʼminot korxonalari tomonidan tarmoq va qurilmalarning oʻz vaqtida modernizatsiya qilinmasligiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasida toʻplanib qolgan tizimli muammolar mamlakatimizda anomal sovuq davrida tabiiy gaz va elektr energiyasi taqchilligi yuzaga kelishiga, oqibatda aholining jiddiy va haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qoʻllash maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash;
yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini toʻliq joriy etish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;
yoqilgʻi-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, qurilmalarning yaroqlilik holatini tekshirish;
yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini toʻliq joriy etish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda:
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika shtabi (Sh.A. Aminov), hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish choralarini koʻrish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam nazorat qilish;
shtablar faoliyati natijalarini muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilib borish va ularning ishini takomillashtirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
isteʼmol qilingan yoqilgʻi-energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish yuzasidan kunlik nazorat oʻrnatish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uygʻunligini, ulardagi korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va javobgarlik muqarrarligini taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
aholi tomonidan Energetika vazirligining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida yuborilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Belgilansinki, huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
qonun buzilishi holati sodir etilayotganligi yoki fuqarolarning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilayotganligi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida talabnoma kiritiladi;.
kuzatuvlar, soʻrovlar oʻtkazish, prokuror nazorati obyektini koʻzdan kechirish, statistik axborotlarni va boshqa maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslash orqali qonunlar ijrosini tizimli ravishda oʻrganish orqali prokuror monitoringi amalga oshiriladi;
muayyan sohada (tarmoqda) qonuniylikni taʼminlash va jinoyatchilik holati haqidagi statistik va boshqa axborotlar, davlat organlari va nazorat qiluvchi idoralarning maʼlumotlarini oʻrganish orqali axborot-tahlil faoliyati olib boriladi.
Bosh prokuratura uch oy muddatda ushbu band asosida Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.
6. Belgilansinki, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiyasi) tomonidan yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, tashish, yetkazib berish, taqsimlash faoliyati bilan shugʻullanadigan davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga oid tartib-taomillar tatbiq etilmaydi.
Bunda, ushbu tekshiruvlarga masʼul xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
7. Bosh prokuratura 2023-yil 1-sentabrga qadar qonunlar, shu jumladan yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirlari hamda ularning natijasi boʻyicha qoʻllanilgan prokuror nazorati hujjatlarining yagona bazasi yuritiladigan “Prokuror nazorati” axborot tizimini joriy etsin.
8. Energetika vazirligi:
2023-yil 1-sentabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan Internetdagi maxsus axborot tizimini yaratish hamda har bir xabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimining joriy qilinishini taʼminlasin;
2023-yil 1-noyabrga qadar yoqilgʻi-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasini va yoqilgʻi-energetika tarmogʻini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har olti oyda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik boʻyicha aniqlangan holatlar, koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qilish hamda oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini taʼminlasin.
9. Energetika vazirligi, Bosh prokuratura va Raqamli texnologiyalar vazirligining Oʻzenergoinspeksiya faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasini 2024-yil 1-martga qadar tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil 1-oktabrga qadar toʻliq versiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
“Energonazorat” platformasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilsin:
energiya resurslari isteʼmolini masofaviy nazorat qilish jarayonini raqamlashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning miqdor jihatidan saqlanishi ustidan monitoringni yuritish;
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-taroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash;
yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmolchilarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini nazorat qilish.
10. Majburiy ijro byurosi (M.E. Egamberdiyev) isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishini taʼminlash maqsadida tizimdagi har bir xodimining masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin.
11. Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish choralarini kuchaytirsin.
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzenergoinspeksiya bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida ajratilgan budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarining maqsadli sarflanishini oʻrganib borsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Energetika vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar yoqilgʻi-energetika sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev va uning oʻrinbosari Sh.A. Aminov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
PF-77-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 1-ILOVA
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
TARKIBI
Sh. Aminov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari
B. Turabov
—
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
J. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
Sh. Rahmonov
—
ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
Gʻ. Yoziyev
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari
M. Mirzayev
—
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
D. Raximov
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
M. Egamberdiyev
—
Majburiy ijro byurosi direktori
Lavozimi boʻyicha
—
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi
U. Mustafoyev
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
B. Eshmuratov
—
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi
D. Isakulov
—
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi
Lavozimi boʻyicha
—
“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi
A. Sanginov
—
“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi
B. Jurayev
—
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 3-ILOVA
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablarining
NAMUNAVIY TARKIBI
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) shtabi rahbari
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) prokurorining yordamchisi — shtab kotibi
lavozimi boʻyicha
—
Davlat xavfsizlik xizmati tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasining tuman (shahar)larga biriktirilgan xodimlari
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 4-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va jazo muqarrarligini taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika, hududiy, tuman (shahar) shtablarining vazifalari, ularni amalga oshirish tartib-taomillari va shtab aʼzolarining javobgarligini belgilash.
Idoraviy hujjat
2023-yil iyun
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Elektr energiyasining dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA), shuningdek, ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarga elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ENNOAT, GNNOAT) toʻliq joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Idoraviy hujjat
2023-yil iyul
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
“Hududgaztaʼminot” AJ
(B. Eshmuratov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(U. Mustafoyev),
“Oʻztransgaz” AJ
(A. Isoqjonov),
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
(B. Jurayev),
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
(D. Isaqulov),
“Oʻzbekneftgaz” AJ
(B. Sidiqov),
“Oʻzbekgidroenergo” AJ
(A. Sanginov)
3.
“Prokuror nazorati” axborot tizimining toʻliq versiyasini ishga tushirish.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil sentabr
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
4.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:
prokuratura organlariga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabnoma kiritish vakolatini berish;
prokuratura organlari faoliyatiga prokuror monitoringi oʻtkazish, axborot-tahlil faoliyatini yuritish, nazorat qiluvchi organlarning qonun buzilishi toʻgʻrisidagi materiallarini koʻrib chiqishdan iborat yangi nazorat shakllarini joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi
2023-yil sentabr
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
“Energonazorat” platformasini joriy etish boʻyicha konsepsiya va texnik topshiriqnomani ishlab chiqish.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil sentabr
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
“Energonazorat” platformasini ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil noyabr
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
“Energonazorat” platformasi hamda uni mobil ilovasining sinov versiyasini tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida ishga tushirish.
Tashkiliy tadbirlar
2024-yil mart
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
“Energonazorat” platformasiga “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “UzGazTrade” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va boshqa yoqilgʻi-energiya tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Tashkiliy tadbirlar
2024-yil iyul
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
“Energonazorat” platformasidan foydalanish reglament loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil avgust
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Sinov natijalariga koʻra “Energonazorat” platformasi va uning mobil ilovasidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda respublikaning butun hududida real vaqt rejimida ishlashini taʼminlash.
Tashkiliy tadbirlar
2024-yil oktabr
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Yoqilgʻi-energiya resurslari haqidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka oshkor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida ochiq maʼlumotlar portalida quyidagi maʼlumotlarni joylashtirish va yangilab borishni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
ishlab chiqariladigan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
avtobenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, koʻmir hajmlari haqidagi maʼlumotlar;
neft, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, gaz kondensati.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil iyun
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
(B. Begalov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
“Hududgaztaʼminot” AJ
(B. Eshmuratov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(U. Mustafoyev),
“Oʻztransgaz” AJ
(A. Isoqjonov),
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
(B. Jurayev),
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
(D. Isaqulov),
“Oʻzbekneftgaz” AJ
(B. Sidiqov),
“Oʻzbekgidroenergo” AJ
(A. Sanginov)
12.
“Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJning Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi, Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, zamonaviy billing tizimlari va yoqilgʻi-energetika sohasidagi boshqa axborot tizimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot tizimlariga integratsiya qilish.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil sentabr
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov)
“Hududgaztaʼminot” AJ
(B. Eshmuratov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(U. Mustafoyev),
“Oʻztransgaz” AJ
(A. Isoqjonov),
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
(B. Jurayev),
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
(D. Isaqulov),
“Oʻzbekneftgaz” AJ
(B. Sidiqov),
“Oʻzbekgidroenergo” AJ
(A. Sanginov)
13.
Isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlov intizomini mustahkamlash va qarzdorlikni undirishni takomillashtirish maqsadida isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun majburiy toʻlovlarni undirish haqida ijro hujjatini berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organ yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar isteʼmolchining energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatni majburiy tartibda ilova qilishga doir talabni isteʼmolchi jismoniy shaxslarga nisbatan ham tatbiq etish, shuningdek, mazkur hujjatning majburiy ijro organlariga taqdim etiladigan ijro hujjatlariga ham ilova qilinishi lozimligini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi
2023-yil iyul
Bosh prokuratura
(Sh .Aminov),
Oliy sud
(B. Islamov),
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov)
14.
Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil iyun
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
Yoqilgʻi-energetika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil sentabr
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A. Burxanov),
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
16.
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan internetdagi maxsus axborot tizimini yaratish hamda har bir xabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimini joriy qilish.
Tashkiliy tadbirlar
2023-yil sentabr
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
17.
Yoqilgʻi-energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.
Tahliliy maʼlumot
2023-yil iyun
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov),
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
18.
Yoqilgʻi-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasini va yoqilgʻi-energetika tarmogʻini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov),
Bosh prokuratura
(Sh. Aminov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(U. Mustafoyev),
“Hududgaztaʼminot” AJ
(B. Eshmuratov)
19.
Yoqilgʻi-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasi va chora-tadbirlar dasturiga xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonida:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “4 195 nafar (Harbiy prokuraturadan tashqari)” soʻzlari “4 886 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Bosh prokuror
Bosh prokuror yordamchisi
Bosh prokuror birinchi oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi
10
Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi
12
Yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
10
Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi
14
Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
20
Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
12
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻlimi
3
Kadrlar boshqarmasi
10
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi
6
Navbatchi qism
3
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
6
Tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
9
Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi
4
Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
16
Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
10
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi
8
Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi
14
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi
16
Axborot-tahlil boʻlimi
3
Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi
6
Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
18
Birinchi boʻlim
2
Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi
10
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
12
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi
4
Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
6
Xalqaro-huquqiy boshqarma
12
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
8
Majburiy ijro byurosi
Ishlar boshqarmasi
11
“Huquq” gazetasi
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi
7
Uyushgan jinoyatchilik
va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi
10
Yer resurslari talon-toroj
qilinishining oldini olish boshqarmasi
8
Jami prokuror-tergov xodimlari — 316 shtat birligi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoni 2-ilovasining 17-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarorining 5-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “boʻlimini” soʻzi “boshqarmasini” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisida “20” raqami va “boshqarmasi” soʻzi tegishincha “18” raqami va “boʻlimi” soʻzi bilan almashtirilsin.