Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3272, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3272/1144-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.