1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-may,
1254-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisidan “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va u qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda qatnashish uchun OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.”;
“2. OAV saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingandan keyin MSK tomonidan belgilangan kundan boshlab, saylovga kamida oʻn kun qolguniga qadar MSK, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.”;
“4. OAV vakilining vakolat muddati unga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, OAV vakili guvohnomasining amal qilish muddati takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov natijalari toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar uzaytirilgan deb hisoblanadi.”;
g) 5, 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi mahalliy OAV vakillari — MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar saylovlari kampaniyasi davrida saylovlarni:
respublika miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — MSK tomonidan;
viloyat miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — viloyat saylov komissiyasi tomonidan;
tuman (shahar) miqyosida yorituvchi mahalliy OAV vakillari — tuman (shahar) saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
Viloyat, tuman (shahar) miqyosida saylov tadbirlarini yoritish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan mahalliy OAV vakillariga berilgan guvohnoma tegishli hudud doirasida amal qiladi.
6. Akkreditatsiya uchun respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi mahalliy OAV rahbarlari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tegishli saylov komissiyalariga ariza bilan murojaat qiladi.
Mahalliy OAVning arizasida akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasportning fotosuratli beti) nusxasi;
mahalliy OAVning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
har bir xodim uchun toʻldirilgan OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi;
xodimning elektron fotosurati (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri, soʻnggi 90 kun ichida olingan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi, fayl nomi fotosuratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak).
Mahalliy OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza va anketa mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq toʻldiriladi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar MSKga elektron shaklda yuboriladi. Bunda, mazkur bandning ikkinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar pdf formatda boʻlishi lozim.
7. Murojaat besh kun ichida koʻrib chiqilib, tegishli saylov komissiyasining qarori asosida mahalliy OAV vakiliga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.”;
e) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Xorijiy OAV vakillari, shu jumladan TIVdan akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillari saylov kampaniyasini yoritish maqsadida MSKdan akkreditatsiyadan oʻtish uchun TIVga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
11. TIVdan akkreditatsiyadan oʻtmagan xorijiy OAV vakillarining murojaati taqdim etilgan kundan keyin ikki haftadan kechikmay TIV tomonidan koʻrib chiqiladi. Zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan, shuningdek belgilangan muddatda berilmagan murojaat koʻrilmasdan qoldiriladi.”;
“12. TIV MSKga xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdimnoma kiritadi:
xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasportning fotosuratli beti) nusxasi (pdf formatda);
har bir xodim uchun toʻldirilgan OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi (pdf formatda);
xodimning elektron fotosurati (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri, soʻnggi 90 kun ichida olingan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi, fayl nomi fotosuratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak).
Taqdimnoma besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqilib, MSK qarori asosida xorijiy OAV vakiliga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.”;
sakkizinchi xatboshidagi “saylov jarayoni” degan soʻzlar “saylov komissiyalarining faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga va MSKning qarorlariga amal qilishi;
saylov komissiyalarining binolari (xonalari), majlislari va matbuot anjumanlarida guvohnomani boshqalarga koʻrinadigan tarzda doimo taqqan boʻlishi;
majlislar, matbuot anjumanlari, ovoz berish va boshqa tadbirlar tashkil etiladigan binoning oʻzlari uchun ajratilgan joyida saylovga tayyorgarlikning borishi va u qanday oʻtayotganligini yoritishi;
saylov jarayonini yoritishda saylov komissiyasining faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasligi;
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan guvohnomani hamda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni koʻrsatishi shart.”;
y) quyidagi mazmundagi 151 — 154-bandlar bilan toʻldirilsin:
“151. OAV vakili harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida tegishli saylov komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak.
152. OAV vakili saylov komissiyalarining majlislari, matbuot anjumanlari va boshqa tadbirlarda (bundan buyon matnda tadbir deb yuritiladi) ishtirok etishi haqida tegishli saylov komissiyasini oldindan xabardor qilishi kerak. Bunda, saylov komissiyasi OAV vakillarining tadbirlarda ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini koʻradi.
Saylov komissiyasi OAV vakillarining tadbirda ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish muddati, tadbirni oʻtkazish joyi va boshqa tashkiliy masalalarni eʼlon qiladi.
153. Saylov byulletenini toʻldirilgan holatda yoki uni toʻldirish jarayonini suratga yoxud videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.
OAV vakili ovoz berish sirini oshkor qilsa yoxud fuqarolarning xohish-irodasiga taʼsir koʻrsatishga harakat qilsa, u ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
154. Quyidagilar OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
a) akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
b) anketa toʻliq va toʻgʻri toʻldirilmagan boʻlsa;
v) mazkur Nizomda belgilangan muddatlarga rioya etilmaganda;
g) OAV akkreditatsiyadan oʻtayotgan davrda doimiy faoliyat yuritmaganda;
d) veb-sayt sifatida roʻyxatdan oʻtgan OAVning hujjatlarida koʻrsatilgan veb-sayti mavjud boʻlmaganda;
e) OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
j) OAVning chiqarilishi toʻxtatib turilganida yoki tugatilganida;
z) akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada yoki unga ilova qilingan hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasa;
i) OAVning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishi sud qaroriga muvofiq cheklangan yoki taqiqlanganda;
y) OAV qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa (agar OAV roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng muassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, OAVning nomi, tili turi, maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa);
k) akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qilgan OAV vakili ayni vaqtda boshqa bir OAV vakili sifatida ham akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi aniqlanganda.
MSK matbuot xizmati OAVga akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni taklif qilishi mumkin.
Hujjatlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bir kunlik muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etiladi.
OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganida, bu haqda alohida qaror qabul qilinmaydi hamda OAVga uning rad etilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizom va (yoki) qonunchilik normalariga asoslangan javob beriladi.
OAV mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan kamchilikni bartaraf qilgan holda saylovga oʻn kun qolgunga qadar qayta murojaat qilishi mumkin.”;
“16. Quyidagi hollarda OAV vakilining akkreditatsiyasi MSKning qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
OAV vakili Saylov kodeksi, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, MSKning qarorlari talablari va ushbu Nizom qoidalarini buzganida;
OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada yoki unga ilova qilingan hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasa;
akkreditatsiya qilingan xodim bilan OAV tahririyati oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
xodimning akkreditatsiyasini bekor qilishni soʻrab OAV tahririyati tomonidan MSKga yozma murojaat yoʻllangan taqdirda;
OAVning chiqarilishi toʻxtatib turilganida yoki tugatilganida.”;
l) quyidagi mazmundagi 161 — 163-bandlar bilan toʻldirilsin:
“161. MSK OAV vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish va uning akkreditatsiyasini muddatidan ilgari tugatish masalalarini har tomonlama koʻrib chiqish va asoslangan qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan soʻrab oladi.
162. Akkreditatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda OAV vakilining murojaatiga asosan bir ish kunida guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda, guvohnomaning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi.
163. Akkreditatsiya qilingan xodim ishdan boʻshatilgan taqdirda OAV tahririyati bu haqda darhol MSKni xabardor qiladi.”;
m) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ariza namunasi
TASHKILOT RASMIY BLANKASI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga
Ariza
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir tadbirlarni yoritish maqsadida (OAV nomi va shakli, tarqatish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli koʻrsatiladi) quyidagi xodimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishingizni soʻraymiz: 1. 2. 3. ... Akkreditatsiyadan oʻtkazilayotgan xodimlar OAV vakilining huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi taʼminlandi. Ilova ___ varaqda.
Tashkilot rahbari
F.I.O
Ijrochi: F.I.O Telefon raqami:
OAV VAKILINI AKKREDITATSIYADAN OʻTKAZISH ANKETASI
APPLICATION FORM FOR MEDIA ACCREDITATION
Fotosurat
Photo
3 x 4
jpeg
I. Akkreditatsiyaga taqdim qilingan OAV vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Personal information
Familiyasi
Last name
Ismi
First name
Fuqaroligi
Nationality
Oʻzbekistondagi manzili (xorijiy OAV uchun)
Address in Uzbekistan (for foreign media)
Doimiy yashash joyi
Permanent address
Tugʻilgan sanasi
Date of birth
Tugʻilgan joyi
Place of birth
Lavozimi
Position/Designation
Jinsi
Sex
Erkak
Male
Ayol
Female
E-mail
Telefon
Phone number
Uyali telefon
Mobile phone
II. Ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1172-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum uchastkalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomda:
“Qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida referendumda ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritilmaydi.”;
“sudning fuqaroni referendumda ishtirok etish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1179-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisidan “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.