1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-mart,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 28-martdagi 5-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
vaqtinchalik xarajatlar smetasi — budjet tashkilotining yoki budjet mablagʻlari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat boʻlib, unda qonunchilikdagi oʻzgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar har oy uchun aks ettiriladi;
daromadlar va xarajatlar smetasi — budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat;
jamlanma xarajatlar smetasi — budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
shtat jadvali — doimiy xodimlar lavozimlari va boʻsh oʻrinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxatni oʻz ichiga oladigan, budjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
xarajatlar moddasi — budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy yoʻnalishi va toʻlovlarning aniq turlari boʻyicha belgilovchi budjet tasnifining bir qismi;
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo.”.
3. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.”.
“71. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari dasturiy majmuada ushbu tashkilotlar tomonidan shakllantiriladi va tuziladi.
Dasturiy majmuada shakllantirilgan va tuzilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari mazkur Nizom talablari asosida tasdiqlanib, har biriga xos “QR” kodlar qoʻyish orqali dasturiy majmuada roʻyxatga olinadi.”.
“Bunda, ushbu bandda koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari (bundan buyon matnda iqtisodiyot va moliya organlari deb yuritiladi)ning shaxsiy gʻazna hisovaraqlarida aks ettiriladi (mazkur bandning “m”, “s” va “t” kichik bandlarida keltirilgan mablagʻlar bundan mustasno).”.
6. Quyidagi mazmundagi 73-band bilan toʻldirilsin:
“73. Budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining dasturiy majmua orqali tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallarini qogʻozga chop etish talab etilmaydi.”.
ikkinchi xatboshidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xarajatlar smetasining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzilgan shtat jadvalidagi mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdoridan kelib chiqqan holda dasturiy majmuada avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Agar yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi tuzilgan shtat jadvalidagi mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdoridan kam boʻlsa, xarajatlar smetasida joriy moliya yilining dekabr oyidan boshlab ketma-ket ravishda oldingi oylarga qarab yetishmagan qismiga kamaytiriladi.”.
“10. Xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha ishlarni tashkil etish davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, qoʻmitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va boʻlimlari oʻzlariga boʻysunuvchi tashkilotlarga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va iqtisodiyot va moliya organining mazkur masala boʻyicha koʻrsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.”;
“ijtimoiy soliqni toʻlash xarajatlari xarajatlar smetasiga belgilangan stavkalardan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlanadigan barcha toʻlov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;”;
“telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi.”;
yigirma uchinchi xatboshidagi “va moliya” degan soʻzlar “hamda iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“20. Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shuningdek, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 1-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Dasturiy majmuaga ulanmagan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi.
Dasturiy majmua orqali tuzilgan kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlar smetasi buyurtmachi rahbarining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Dasturiy majmua orqali tuzilmagan kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlar smetasi buyurtmachi rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda imzosi hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, smeta boʻyicha xarajatlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.”.
“21. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga yoʻnaltiriladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik, qoʻmita va idora tomonidan tuziladi hamda uning rahbari (u vakolat bergan shaxs) ERIsi bilan tasdiqlanadi. Bunda xodimlar ish haqi jamgʻarmasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.”.
15. 25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvali va shtat jadvalini tasdiqlash budjet tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasi va xarajatlar smetalarini tasdiqlash uchun belgilangan talablarga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.”.
“26. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash mazkur Nizomning tegishincha 4 va 4a-ilovalariga muvofiq shakllarda keyingi moliya yilining birinchi choragini oyma-oy boʻlgan holda amalga oshiriladi. Bunda, vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar oʻtgan moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan ortiq boʻlmasligi lozim hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin.”.
“27. Jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va vaqtinchalik xarajatlar smetalari jamlanma xarajatlar smetalari va xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar amalda boʻladi. Bunda, roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan jamlanma xarajatlar smetasi va xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan kam boʻlmasligi kerak.”.
“28. Jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash talablariga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.”.
19. 30-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “qoʻmitalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
20. 31-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 32-banddagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 38-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 39-banddagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Budjet tashkilotlari yoki budjet mablagʻlari oluvchilarning” degan soʻzlar “Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatga olish elektron tarzda mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Bunda, dasturiy majmua orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining hisobi Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnalida elektron tarzda yuritiladi.”.
“43. Roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari, smetalar va shtat jadvallari) budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari yoki ularning oʻrinbosarlari va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshliqlari tomonidan imzolanadi. Bunda, dasturiy majmua orqali joʻnatilgan ushbu hujjatlar budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari yoki ularning oʻrinbosarlari va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshliqlarining ERIsi bilan tasdiqlanadi.”.
“44. Dasturiy majmua orqali tuzilmagan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi shtamp bilan:
birinchi nusxasi — tegishli budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchiga qaytariladi;
ikkinchi nusxasi — har bir budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchilar uchun alohida papkalarda budjet mablagʻlarini taqsimlovchining tegishli moliya-iqtisod boʻlinmalarida (bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari mavjud boʻlmagan hollarda tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida) saqlanadi.”.
“jamlanma xarajatlar smetasini budjet tasnifiga muvofiq boʻlim, kichik boʻlim, bob va xarajat guruhlari kesimida, boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi, markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlar smetasini, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar xarajatlar smetasini jamlash yoʻli bilan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda;”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini budjet tasnifiga muvofiq boʻlim, kichik boʻlim, bob va xarajatlar moddalari kesimida, boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning daromadlar va xarajatlar smetasini, markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlar smetasini, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar daromadlar va xarajatlar smetasini jamlash yoʻli bilan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda;”;
“49. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallari bilan bir vaqtda boʻysunuvlaridagi budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini dasturiy majmua orqali yuboradi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning hududiy organlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qiladi.”.
30. 6-bobning nomidagi “Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlarida” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
ikkinchi xatboshidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” va “moliya boshqarmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boshqarmalari professional taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetasi, shtat jadvallari va vaqtinchalik xarajatlar smetasini, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochib, roʻyxatdan oʻtkazadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha professional taʼlim tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.”.
“52. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalarini saqlab turish uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boʻlinmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.”.
34. 53-banddagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. 6-bobning 2-paragrafi nomidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. 541-bandning oltinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 55-banddagi “moliya organida” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. 64-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatga olish elektron tarzda amalga oshiriladi.”.
40. 65-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, dasturiy majmua orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar hamda xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining hisobi Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnalida elektron tarzda yuritiladi.”.
“smetalar va shtat jadvallari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladigan tashkilotlar boʻyicha — iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boʻlinma boshliqlari tomonidan;
hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri yoki uning oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya organlari boshliqlari (mudirlari) yoki ularning oʻrinbosarlari hamda iqtisodiyot va moliya organlari budjet boʻlimlari va iqtisodiyot va moliya organlarining tegishli (boʻlimlari) sektorlari boshliqlari tomonidan imzolanadi.”.
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari, xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari yuqoridagi masʼul shaxslarning ERIsi bilan imzolanadi.”.
“68. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatdan oʻtkazilgan (jamlanma) xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining bir nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boʻlinmalarida va hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida alohida papkalarda saqlanadi.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boʻlinmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boshqarmalarining tegishli boʻlimlari;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“70. Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha arizalari mazkur hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilgan hududiy iqtisodiyot va moliya organining rahbari tomonidan oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazgan hududiy iqtisodiyot va moliya organining qarori boʻyicha norozilik toʻgʻrisidagi arizalar yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari qarori boʻyicha norozilik toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan koʻrib chiqiladi.”.
46. 71-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boʻlinmalari mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 17-son shakldagi maʼlumotnoma-bildirishnomani budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga yoʻllaydi. Bunda, boʻysunuvida budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilar mavjud budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar 17-son shakldagi maʼlumotnoma-bildirishnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 18-son shakldagi maʼlumotnoma-bildirishnomani boʻysunuvidagi tashkilotlarga yoʻllaydi;”;
uchinchi xatboshidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, shuningdek, ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilar boʻyicha — birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlari doirasida faqat guruhlar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari kesimida va ularning rahbarlari bilan kelishgan holda oʻzgartirishlarning jamlanma soʻrovini ishlab chiqadi va taqdim etadi.”.
“Bir vaqtning oʻzida iqtisodiyot va moliya organi tashkilotlarni saqlab turish xarajatlari smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlarni oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi iqtisodiyot va moliya organidan talab qiladi hamda mazkur maʼlumotlar taqdim qilingandan soʻng Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga “hisobga qabul qilindi” deb yozadi yoki dasturiy majmuada hisobga qabul qilinadi. Bunda, roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi tegishli oʻzgartirishlar bilan yangisiga almashtiriladi.
Iqtisodiyot va moliya organi tashkilot boshqa joyga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ham Budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatga olingan (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hisobga olish jurnaliga yoki dasturiy majmuada tegishli yozuvni yozadi.”.
“86. Har yili iqtisodiyot va moliya organlari moliya yilining birinchi chorak oxiri va ikkinchi chorak boshida barcha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi (daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi), budjet mablagʻlarini taqsimlovchining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi, tasdiqlanishining toʻgʻriligini va oʻz vaqtida yetkazilishini tekshirishdan oʻtkazishi, hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan mazkur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va oʻtkazishda ularga zarur yordamni koʻrsatishi lozim.”.
“Tashkilotlarning xarajatlar smetasining toʻgʻri tuzilishi, tasdiqlanishi va oʻz vaqtida yetkazilishi boʻyicha tekshirish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, qoʻmitalari, idoralarida muntazam umumlashtiriladi va koʻrib chiqiladi hamda mazkur ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.”.
birinchi xatboshidagi “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “qoʻmitalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
61. Xarajatlar smetasiga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
62. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 4a-ilova bilan toʻldirilsin.
63. 8-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
64. Jamlanma xarajatlar smetasiga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida
____ yil uchun roʻyxatdan oʻtkazildi
20__ yil “___” ________ dagi
___-son roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi
__________________
(imzo)
__________________
(imzo)
M.Oʻ.
ming soʻm miqdorida tasdiqlangan
(summa yozuv va raqam bilan)
Jumladan ish haqi
ming soʻm
(summa yozuv va raqam bilan)
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi rahbari
_______________________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” ____________
M.Oʻ.
______ yil uchun jamlanma vaqtinchalik xarajatlar
SMETASI
Tashkilot shaklining toʻliq nomi: ______
Toʻliq manzil: _______________________
Budjet darajasi: ____________________
Boʻlim: ______________________________
Kichik boʻlim:_________________________
Bob: _________________________________
Oʻlchov birligi: ________________________
Guruhlarning nomlanishi
I chorak boʻyicha jami
Jumladan, oylar boʻyicha
yanvar
fevral
mart
I guruh xarajatlari boʻyicha jami
II guruh xarajatlari boʻyicha jami
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
Smeta boʻ�icha jami:
”.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida
____ yil uchun roʻyxatdan oʻtkazildi
20__ yil “___” ________ dagi
___-son roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi
__________________
(imzo)
__________________
(imzo)
M.Oʻ.
ming soʻm miqdorida tasdiqlangan
(summa yozuv va raqam bilan)
Jumladan ish haqi
ming soʻm
(summa yozuv va raqam bilan)
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi rahbari
_______________________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” ____________
M.Oʻ.
______ yil uchun jamlanma xarajatlar
SMETASI
Tashkilot shaklining toʻliq nomi: ______
Toʻliq manzil: _______________________
Budjet darajasi: ____________________
Boʻlim: ______________________________
Kichik boʻlim: _________________________
Bob: _________________________________
Oʻlchov birligi: ________________________
Guruhlarning nomlanishi
_____ yil
_____ yil
_________________ yil
kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tasdiqlangan
_______ ga bajarildi (haqiqiy xarajat)
tashkilot tomonidan hisoblangan
tasdiqlangan
Hammasi
shu jumladan, choraklar boʻyicha
I chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
II chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
III chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
IV chorak boʻyicha jami
yanvar
fevral
mart
aprel
may
iyun
iyul
avgust
sentyabr
oktyabr
noyabr
dekabr
I guruh xarajatlari boʻyicha jami
II guruh xarajatlari boʻyicha jami
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
Jami:
Xarajatlar qoplanadi:
budjet mablagʻlari hisobidan
ota-onalar (MTM uchun) mablagʻlari hisobidan
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun toʻlanadigan mablagʻlar hisobidan
Bundan tashqari xarajatlar tashkilotlarning daromadlaridan (teatr tomoshalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar) qoplanadi
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/2634-4/0264-son)