toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA XIZMATLARI TARIFLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moddiy xarajatlar, elektr energiyasining, pochtani tashishda transportga sarflanayotgan xarajatlarning sezilarli darajada qimmatlashganligi munosabati bilan va zarar koʻrmasdan ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyatidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil 1-fevraldan boshlab respublika ichki aloqa xizmatlari (ilovaga muvofiq) aholiga erkin tariflar asosida koʻrsatiladi.
2. 1-ilovada qayd etilgan aloqa xizmatlariga cheklangan rentabellik 30 foiz miqdorida belgilansin.
3. Aloqa xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha oldin qabul qilingan qarorlarga muvofiq respublika aholisining ayrim toifalariga berilgan 1994-yil 1-fevralgacha amalda boʻlgan barcha imtiyozlar saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda xizmatlarning qayd etib oʻtilgan turlariga yangi tariflarni bir hafta muddatda aloqa korxonalariga yetkazsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 25-yanvar,
30-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 25-yanvardagi 30-son qaroriga
ILOVA
1994-yil 1-fevraldan boshlab aholiga erkin tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan respublika ichki aloqa xizmatlari
ROʻYXATI
Telefondan foydalanganlik uchun abonent haqi
Xatlar va pochta kartochkalari joʻnatish
Telegrammalar berish