Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 25-iyundagi 18/2-son “Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 366-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:”.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur texnik talablar banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
b) quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Bank boʻlinmalarining (filial, bank xizmatlari ofisi, bank xizmatlari markazi) naqd pullari va qimmatliklarini inkassatsiya xizmati tomonidan saqlash uchun qabul qilishda, inkassatsiya xizmatining pul ombori mazkur Texnik talablarda koʻrsatilgan banklarning pul omboriga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.”.