toggle_night_mode
Hujjat 24.04.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va rolini oshirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.
Belgilansinki, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi munosabati bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 5 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan kiritiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-aprel,
PF-59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PF-59-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi

 

Bosh vazir maslahatchisi

Bosh vazir

Xalqaro konsultantlar — maslahatchilar

Bosh vazir oʻrinbosari

Bosh vazir kotibiyati

Vazirlar

Kotibiyat

5

Kotibiyat rahbari

Bosh vazir oʻrinbosari

Kotibiyat rahbarining birinchi oʻrinbosari

Kotibiyat rahbari oʻrinbosari

Kotibiyat rahbari oʻrinbosari

Kotibiyat

5

Bosh vazir qabulxonasi

7

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

2

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

7

 

Bosh vazir oʻrinbosari

Tahliliy materiallarni tayyorlash xizmati

7

Kadrlar boʻlimi

3

Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti

30

Kotibiyat

5

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

2

Bosh vazir matbuot xizmati

2

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

6

Bosh vazir oʻrinbosari

Bosh vazir protokol xizmati

2

Birinchi boʻlim

3

Kotibiyat

5

Umumiy boʻlim

6

Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish boʻlimi

7

Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

6

 

Davlat tilini rivojlantirish departamenti

5

 

Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 125 nafar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2023-y., 06/23/59/0223-son)