toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat tibbiyot muassasalarida gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarni uzluksiz taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 5-maydagi 234-son qaroriga muvofiq Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Mehrli maktab) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasalari) Mehrli maktabning yuridik shaxs boʻlmagan filiallarini (keyingi oʻrinlarda — filiallar) 2023 — 2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
a) filiallarning asosiy maqsadi — tibbiyot muassasalarida gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlimni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash hisoblanadi;
b) Mehrli maktabda filiallar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun — Mehrli maktab direktorining filiallar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun — 1 ta shtat birligidan iborat kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimlari joriy etiladi;
v) filiallar tegishli tibbiyot muassasalarida ajratilgan xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
g) filiallar xodimlariga Mehrli maktab xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
d) filiallar xodimlari Mehrli maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
e) har bir filialda quyidagi lavozimlar joriy etiladi:
maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish uchun — har bir guruh uchun tarbiyachi (1 ta shtat birligi) va tarbiyachi yordamchisi (1 ta shtat birligi);
umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodimlar (3 ta shtat birligi);
psixolog (1 ta shtat birligi);
j) Mehrli maktab direktoriga, zaruratga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda, filiallar xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida ularga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
4. Quyidagilar:
“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruh (H. Umarova, E. Basitxanova)ga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda, filiallarni tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatilsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 5-maydagi 234-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin;
mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-mart,
134-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga
1-ILOVA
“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


1-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallarini (filiallar) ochish uchun shart-sharoitlarni oʻrganadi va oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida “Mehrli maktab” filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh (Ishchi guruh)ga maʼlumot taqdim etadi.

Har yili 1-sentabrga qadar


2-bosqich

Ishchi guruh

1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganadi va filiallar ochishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.

2. Ishchi guruh xulosasini Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.

15 kun ichida


3-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Ijobiy xulosa asosida filiallar ochiladigan tibbiyot muassasalarining binolarini budjet mablagʻlari hisobidan tayyorlaydi (taʼmirlash, qurilish ishlarini bajarish hamda jihozlash).

2. Filialning joylashuvi hamda uning faoliyat boshlashga tayyorligi haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini xabardor qiladi.

Xulosa olingandan soʻng 3 oy ichida


4-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Filialni u ochiladigan tibbiyot muassasalari xonalariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻradi.

2. Filial faoliyatini yoʻlga qoʻyish, belgilangan lavozimlar boʻyicha shtatlarni kiritish, uning nizomini tasdiqlashni nazarda tutuvchi buyruq chiqaradi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xabardor qilingandan boshlab 10 kun ichida


5-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Filialni xodimlar bilan taʼminlaydi, shuningdek, uni moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi.

2 oy davomida

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga
2-ILOVA
“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi filiallarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

1.

H.Oʻ. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

E.I. Basitxanova

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

A.V. Shin

maktabgacha va maktab t�ʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori

4.

B.K. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

5.

N.I. Alimova

“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi direktori, ishchi guruh kotibi

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ishchi guruhga, zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari jalb etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 5-maydagi 234-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga uzluksiz taʼlim-tarbiya berishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
a) ikkinchi xatboshidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) toʻrtinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) beshinchi xatboshidagi “(Markaz tomonidan qoplanadigan xarajatlardan tashqari) Xalq” soʻzlari “(tibbiyot muassasalari tomonidan qoplanadigan xarajatlardan tashqari) Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) oltinchi xatboshidagi “Markazda” soʻzi “tibbiyot muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) yettinchi xatboshidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim berishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:”.
a) birinchi xatboshidagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a) birinchi xatboshidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidan “Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7. 8-banddagi “xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Oʻ. Umarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Ilova (Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim berishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom)da:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim berishni tashkil etish toʻgʻrisida
NIZOM”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida hamda gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator sharoitda tegishli davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasalari) davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi yuridik shaxs boʻlgan “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi hamda uning yuridik shaxs boʻlmagan filiallari (keyingi oʻrinlarda — Mehrli maktab) tomonidan tashkil etiladi”;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Markazda” soʻzi “tibbiyot muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “davolanayotlarning” soʻzi “davolanayotganlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardan “Mehrli maktabda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Markazning” soʻzi “tibbiyot muassasalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 8-banddagi “Maktabgacha taʼlim” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 9-banddagi “Markazda” soʻzi “Mehrli maktabda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 14-banddagi “darsdan” soʻzi “taʼlim jarayonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 15-banddan “Markazda yotgan,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
k) 17-banddagi “mashgʻulotlar jadvali” soʻzlari “bolalar faoliyatining kun tartibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 24-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
m) 26-banddagi “Markazda davolanayotganlar uchun Xalq” soʻzlari “Davolanayotganlar uchun Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 27-banddagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) 28-banddagi “Markazda” soʻzi “tibbiyot muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 29-banddan “Markazda” soʻzi chiqarib tashlansin;
r) 31-banddagi “Markazga” soʻzi “tibbiyot muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 32-banddagi “Markazdan” soʻzi “tibbiyot muassasalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
t) 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Davolanayotganlarning yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tibbiyot muassasalarida davolanish vaqtiga toʻgʻri kelganda yakuniy davlat attestatsiyasi Mehrli maktab tomonidan, filiallarda esa asosiy maktab tomonidan davolanish muddati tugagandan soʻng tashkil etiladi”;
u) 35-banddagi “Markazda” soʻzi “tibbiyot muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
f) 36-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Markazlarda dars mashgʻulotining davomiyligi 30 daqiqa boʻladi. Bolalarning salomatlik holatiga koʻra dars mashgʻulotlari qisqartirilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshidagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Filialning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi filial psixologiga yuklatiladi”;
ts) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Mehrli maktab direktori va uning oʻrinbosarlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
Mehrli maktab xodimlari Mehrli maktab direktori tomonidan tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi”;
ch) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Mehrli maktab xodimlarining lavozim majburiyatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
sh) 44-banddagi “Xalq” soʻzi “Maktabgacha va maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidan “tajriba-sinov tariqasida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari — 1 nafar shtat birligi;
kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektor — 1 nafar shtat birligi;”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Mehrli maktabning har bir tashkil etiladigan filiallari uchun ularda taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida quyidagi lavozimlar joriy etiladi:
umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodimlar (3 ta shtat birligi);
maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish uchun — har bir guruh uchun tarbiyachi (1 ta shtat birligi) va tarbiyachi yordamchisi (1 ta shtat birligi);
psixolog (1 ta shtat birligi)”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehrli maktab direktor oʻrinbosarlari uchun oʻquvchilar kontingentining birinchi guruhi uchun belgilangan umumtaʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining bazaviy tarif stavkasi qoʻllaniladi;”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 481-band bilan toʻldirilsin:
“481. Mehrli maktab direktorining filiallar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari:
filiallar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
filiallar tomonidan olib boriladigan taʼlim va tarbiya jarayonini nazorat qiladi;
filiallarga qabul qilinadigan xodimlarni ishga qabul qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
filiallarda taʼlim va tarbiya olgan bolalarning monitoringini yuritadi;
filiallarda taʼlim olgan bolalarga beriladigan maʼlumotnoma tayyorlaydi hamda Mehrli maktab rahbari imzosi bilan filiallarga yuboradi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga kiritilgan boshqa vazifalarni bajaradi”.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qarorini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar
ROʻYXATI
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
a) Pedagogik taʼlimni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim sohasi yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlariga “Davolash pedagogikasi” modulini kiritish hamda mazkur fanni oʻquv jarayonlariga joriy etish;
Masʼullar: oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abdurahmonov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri — H.Oʻ. Umarova.
Ijro muddati: 2023-yil 1-oktabr;
b) Mehrli maktabning ustaviga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralarini koʻrish.
Masʼul: vazir — H.Oʻ. Umarova.
Ijro muddati: ikki hafta.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida manzilli oʻrganishlar asosida tibbiyot muassasalarida filiallarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni shakllantirgan holda, Ishchi guruhga taqdim etib borish.
Masʼul: sogʻlikni saqlash vaziri oʻrinbosari — E.I. Basitxanova.
Ijro muddati: har yili 1-sentabrga kadar.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
a) 2023-yilda filiallar faoliyatini tashkil etishda talab etiladigan zarur mablagʻlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlariga respublika va mahalliy budjetlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishini taʼminlash;
Masʼul: iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari — lavozimi boʻyicha.
Ijro muddati: 2023-yil 1-may;
b) 2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq respublika budjeti va mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish.
Masʼul: iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi boʻyicha.
Ijro muddati: 2024-yil 1-yanvar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2023-y., 09/23/134/0181-son)