Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining
4-bandi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “boshqa” degan soʻz “nobank” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2.
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, boshlangʻich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bogʻliq boʻlgan ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni taʼminlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.”.
“25. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bogʻliq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi hujjatlar;
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlar;
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
26. Boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi korxona rahbari tomonidan taʼminlanishi shart.”.
4. 34-bandning
birinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 203-moddasida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.