OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PQ-74-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-dekabrdagi 104 va 41-son “16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2752, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 27-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.