1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) 2022-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun 200,0 mln AQSH dollari, jumladan:
kredit liniyasi uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 194,240 mln AQSH dollari;
konsalting xizmatlari uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 5,760 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi boʻyicha Qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 323,019 mln AQSH dollariga teng ekanligi, shundan:
200 mln AQSH dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi;
58,272 mln AQSH dollari qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi;
64,747 mln AQSH dollari loyiha ishtirokchilarining (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining) ulushidan iborat ekanligi;
v) loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2023 — 2028-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar oʻzbek soʻmida taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
AQSH dollariga nisbatan oʻzbek soʻmining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar (keyingi oʻrinlarda — valyuta xatari) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
loyiha doirasida loyiha tashabbuskorlariga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
kredit mablagʻlari loyiha tashabbuskorlariga mahsulot yetishtirish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish, logistika (jumladan yuk tashish texnikalarini xarid qilish) va boshqa quvvatlarni yaratish, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, shuningdek, aylanma mablagʻlar uchun ajratiladi.
3. Belgilansinki:
loyiha Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarziga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent (bank) hisoblanadi;
Loyiha doirasida qarzning umumiy miqdoridan 0,2 foiz (400 ming AQSH dollari) miqdoridagi bir martalik oldindan toʻlov Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan toʻlanadi, shundan 388,48 ming AQSH dollari loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangandan soʻng ular tomonidan qoplab beriladi.
4. Quyidagilar:
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini qaytarish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi va foiz toʻlovlarini toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Markaz:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda subloyihalarni tanlash, ularni baholash, kreditni qayta moliyalashtirish muddatlari, foiz stavkalari (valyuta xatarlarini inobatga olgan holda) va boshqa shartlarni nazarda tutuvchi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ishlab chiqib tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni samarali amalga oshirish, ularning natijadorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar berish, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish vazifasini loyihaning birinchi bosqichi doirasida tashkil etilgan Loyihani amalga oshirish guruhiga yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Loyihani amalga oshirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish uchun loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan olinayotgan qarz summasining 0,5 foizi miqdorida bir martalik toʻlovlar toʻlab berilishi nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
7. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaz va loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda ushbu bitimlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin. Bunda, qayta kreditlash bitimlarining shartlari Nizomga asosan belgilanadi.
8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) qishloq xoʻjaligi vaziri A. Voitov:
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
loyiha doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelishilgan holda qayta taqsimlanishini taʼminlasin.
Qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorga 1- va 4-ilovalarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bir oy muddatda loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-mart,
PQ-96-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga 1-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Oʻlchov birligi
Jami
shu jumladan:
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi mablagʻlari
Oʻzbekiston Respublikasi ulushi
kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining mablagʻlari
1.
Loyihaning umumiy qiymati
million AQSH dollari
323,019
200,000
58,272
64,747
shundan:
1.1.
Ishtirok etuvchi tijorat banklarining kredit liniyalari
million AQSH doll.
194,240
194,240
1.2.
Tashabbuskorlar ulushi
million AQSH doll.
64,747
64,747
1.3.
Soliq va bojxona imtiyozlari
million AQSH doll.
58,272
58,272
1.4.
Konsalting xizmatlari
million AQSH doll.
5,760
5,760
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga 2-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini qaytarish
SXEMASI
mln AQSH dollari
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Umumiy qarz
Qarzning qaytarilishi
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan
ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlari hisobidan
miqdori
foiz
miqdori
foiz
miqdori
foiz
1.
Ishtirok etuvchi tijorat banklarining kredit liniyalari
194,240
97,12
–
–
194,240
100
2.
Konsalting xizmatlari
5,760
2,88
5,760
100
–
–
Jami:
200,000
100
5,760
2,88
194,240
97,12
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga 3-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi va foiz toʻlovlarini toʻlash
* Mazkur toʻlov loyiha kuchga kirgandan soʻng 60 kun ichida toʻlanishi lozim.
**Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga 4-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlarning nomi
Bajarilish sanasi
Ijro holatini nazorat qilish
boshlanishi
yakunlanishi
nazoratga masʼul
koʻrib chiqish muddati
1.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz, (A. Shukurov)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
2.
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida imzolangan qarz bitimiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik xulosasini olish va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ga taqdim etish.
Masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
3.
Loyiha doirasida tegishli va masʼul boʻlgan shaxslar imzolarining namunasini tasdiqlab, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ga taqdim etish.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
4.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) talablariga muvofiq Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
5.
Loyiha doirasida subloyihalarni tanlash, ularni baholash, kreditni qayta moliyalashtirish muddatlari, foiz stavkalari (valyuta xatarini inobatga olgan holda) va boshqa shartlar nazarda tutilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
6.
Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasida alohida qayta kreditlash bitimlarini imzolash.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), ishtirok etuvchi tijorat banklari
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
7.
Loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini toʻliq amalga oshirish, shu jumladan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov)
2023-yil mart
2023-yil mart
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil mart
8.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) talablariga muvofiq Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy boshqarish tizimini yaratish va yoʻlga qoʻyish.
Masʼul: Markaz (A. Shukurov), ishtirok etuvchi tijorat banklari
2023-yil mart
2023-yil aprel
Vazirlar Mahkamasi
(J. Xodjayev)
2023-yil aprel
9.
Loyiha doirasida kredit mablagʻlariga ehtiyojmand tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib borish.
Kredit mablagʻlarini taqsimlash va tadbirkorlar loyihalarini tanlab olish Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Masʼul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov),Markaz (A. Shukurov)
2023-yil mart
Loyihani amalga oshirish davrida
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev)
Loyihani amalga oshirish davrida
10.
Tadbirkorlik subyektlariga meva-sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, meva-sabzavotchilik tarmogʻida xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil qilish va ishlab chiqarish vositalari, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari va uskunalarini ishlab chiqarish va/yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni taqdim etish.
Masʼul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Markaz (A. Shukurov)
2023-yil may
Loyihani amalga oshirish davrida
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev)
Loyihani amalga oshirish davrida
11.
Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini taʼminlash choralarini koʻrish.
Masʼul: ishtirok etuvchi tijorat banklari, Markaz (A. Shukurov)
Loyihani amalga oshirish davrida
Loyihani amalga oshirish davrida
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev)
Loyihani amalga oshirish davrida
12.
Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish.
Masʼul: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Markaz (A. Shukurov), ishtirok etuvchi tijorat banklari
Loyihani amalga oshirish davrida
Loyihani amalga oshirish davrida
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev)
Loyihani amalga oshirish davrida
13.
Loyihani amalga oshirish mobaynida belgilangan yillik oʻzlashtirish prognozlarini bajarish, loyihani oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish, loyihaning budjet koʻrsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish.
Masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Markaz (A. Shukurov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Isakov)
Loyihani amalga oshirish davrida
Loyihani amalga oshirish davrida
Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Gʻaniyev)
Loyihani amalga oshirish davrida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2410-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “9 yil (2015 — 2023-yillar) mobaynida” soʻzlari “10 yil (2015 — 2024-yillar) mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Iqlim oʻzgarishiga moslashish va Orol dengizi havzasi uchun uning oqibatlarini yumshatish dasturi” loyihasini Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2784-son qarorining rus tilidagi matnida:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Ministerstvo selskogo xozyaystva” soʻzlari “Mejdunarodniy sentr strategicheskogo razvitiya i issledovaniy v sfere prodovolstviya i selskogo xozyaystva pri Ministerstve selskogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “s Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari “s Mejdunarodnim sentrom strategicheskogo razvitiya i issledovaniy v sfere prodovolstviya i selskogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “za schet kredita MAP” soʻzlari “za schet kreditnix i grantovix sredstv MAP” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-58-son qarori 8-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz direktoriga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda XMI va XHMT bilan kelishilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Markaz hamda uning huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining oylik ish haqlarini ikki barobarga oshirish huquqi beriladi (bundan oylik ish haqini xizmatlar koʻrsatish va qoʻshimcha grant mablagʻlarini jalb etish hisobiga oshirish mustasno)”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan 2022-yilda 300 milliard soʻm, 2023-yilda 100 milliard soʻm budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilgan mablagʻlar hisobidan yil davomida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligining buyurtmasi asosida qoʻshimcha budjet ssudasi ajratib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan budjet ssudasi boʻyicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 2022-yilda 300 milliard soʻmdan, 2023-yilda 100 milliard soʻmdan oshib ketmasligi belgilab qoʻyilsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarorida:
“1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan qoʻshimcha 200 milliard soʻm budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilgan mablagʻlar hisobidan yil davomida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar agentligining buyurtmanomalari asosida qoʻshimcha budjet ssudasi ajratib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan budjet ssudasi boʻyicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 200 milliard soʻmdan oshib ketmasligi kerakligi belgilab qoʻyilsin”;