Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining
8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori bilan tartibga solinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining
46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Sud ijrochilari boʻlimlarida ijro va ish yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi
buyruq (roʻyxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) hamda “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyruqni (roʻyxat raqami 1091-1, 2007-yil 5-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan 2023-yil 11-martdagi 17/1-22-213-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2001-yil 29-dekabrdagi 209-mh-son “Sud ijrochilari boʻlimlarida ijro va ish yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1091, 2001-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 23-24-son);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 22-mh-son “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi buyruqqa oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1091-1, 2007-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 57-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.