toggle_night_mode
Hujjat 17.08.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3424]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. QOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-mart,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 2-martdagi 51-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida vazirlik orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bajaradigan harbiy xizmat;
harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jismoniy imkoniyatlarni, shuningdek kontrakt boʻyicha harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlarni baholash);
nomzod — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi (bildirgisi) koʻrib chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi va quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, suhbat);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik oʻrganish (nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) tibbiy koʻrik;
d) muvofiqlashtirishdan oʻtkazish.
3. Vazirlik uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻnggi uch yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy koʻrik va muvofiqlashtirishdan oʻtkazish bosqichlaridan oʻtadilar.
2-bob. Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar
4. Saralashda Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan qirq yoshgacha boʻlgan shaxslar;
rezervdagi va zaxiradagi qirq yoshgacha boʻlgan ofitserlar.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan yoxud oliy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek harbiy roʻyxatda turgan boʻlishi kerak.
5. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
erkak jinsidagi nomzodning boʻyi — 170 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodning boʻyi — 160 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.
Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarga, shuningdek ushbu Nizomning 1-ilovasidagi roʻyxatga muvofiq tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 18-iyuldagi 212-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3424-1, 05.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 10/24/3424-1/0583-son)
3-bob. Saralash tadbirlarini tashkil etish
7. Saralash tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash uchun vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari va “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasi boshligʻining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan Harbiy-kasbiy saralash komissiyalari (bundan buyon matnda Saralash komissiyalari deb yuritiladi) tashkil etiladi.
8. Nomzodlarni saralash tadbirlari vazirlik tizimida mavjud birlamchi boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
9. Saralash komissiyalari vazirlikning kadrlar bilan ishlash va harbiy-kasbiy saralash boʻlimi harbiy xizmatchisi, shuningdek hududiy boshqarmalar boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari va tegishli sohaviy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Bunda:
vazirlikning hududiy boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Saralash komissiyasi raisi;
“Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Saralash komissiyasi raisi;
kadr organi harbiy xizmatchisi — Saralash komissiyasi kotibi hisoblanadi.
10. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan har yili yanvar oyining oʻninchi sanasiga qadar saralash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Reja-jadvalda saralash tadbirlarini oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatiladi.
11. Saralash tadbirlari vazirlikning hududiy boshqarmalarida va “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasida oʻtkaziladi.
Vazirlikning tarkibiy tuzilmalariga nomzodlarni qabul qilish uchun saralash tadbirlari ushbu tarkibiy tuzilmalar joylashgan hududdagi vazirlikning hududiy boshqarmalarida oʻtkaziladi, bundan “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasida oʻtkaziladigan saralash tadbirlari mustasno.
12. Saralash komissiyasining aʼzosi boʻlgan vazirlikning kadrlar bilan ishlash va harbiy-kasbiy saralash boʻlimi harbiy xizmatchisi tomonidan saralash oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin vazirlikning rasmiy veb-saytida boʻsh lavozimlar boʻyicha maʼlumotlar, saralash oʻtkazish joyi va kunlari, shuningdek xizmatga qabul qilish tartibi va mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan imtiyozlar toʻgʻrisidagi eʼlonlar joylashtiriladi.
13. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalarining hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
14. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha xizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Nomzodlarni dastlabki oʻrganish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro yashash joyi yoki turgan joyidagi vazirlikning hududiy boshqarmalariga, shuningdek “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasiga kirish istagini bildirgan nomzodlar ushbu muassasaga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, arizada nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari koʻrsatilishi lozim.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Saralash tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan nomzodlar ushbu saralashda emas, balki keyingi saralashda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
16. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.
17. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin Saralash komissiyasi tomonidan saralashda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
18. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlarni dastlabki oʻrganish ishlari amalga oshiriladi.
19. Nomzod dastlabki oʻrganish vaqtida Saralash komissiyasiga oʻzini tanishtiradi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga koʻrsatadi.
20. Saralash komissiyasi kotibi saralash uchun hozir boʻlgan nomzod haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish jurnaliga kiritadi.
21. Nomzod mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Saralash komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
22. Dastlabki oʻrganish davomida Saralash komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanishi lozim.
23. Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Bunda, nomzodning boʻyi talabga javob berganda hamda nomzod kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan hollarda Saralash komissiyasi tomonidan nomzodni keyingi bosqichga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
5-bob. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
24. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga oʻtkaziladi.
25. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
26. Saralash komissiyasi kotibi dastlabki oʻrganish natijalari eʼlon qilingan kuni jismoniy tayyorgarlik sinovi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida nomzodlarni xabardor qiladi.
27. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 30 ballni tashkil etadi.
28. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan tushuntiriladi
29. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
30. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan baholanadi.
31. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Qaydnoma Saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sinovda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
32. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami toʻplangan balli 15 balldan past boʻlgan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.
33. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-bob. Nomzodlarni psixologik oʻrganish
34. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik oʻrganish oʻtkaziladi.
35. Nomzodlarni psixologik oʻrganish mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq metodika va baholash mezonlari asosida psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
36. Saralash komissiyasining aʼzosi boʻlgan vazirlikning kadrlar bilan ishlash va harbiy-kasbiy saralash boʻlimi harbiy xizmatchisi psixologik test savollari va ularning javoblari saqlanishi hamda oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
37. Psixologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod psixologik test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Nomzodlar tomonidan toʻldirilgan testlarning javob blankalari psixologik oʻrganish oʻtkazilgandan soʻng ikki kun ichida Saralash komissiyasi tomonidan tekshiriladi.
Bunda, psixologik test sinovining natijalari boʻyicha u oʻtkazilgan kundan boshlab uch kun ichida Saralash komissiyasining psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda komissiya kotibiga topshiriladi.
Psixologik oʻrganish natijalari u oʻtkazilgan kundan boshlab uch kun ichida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
39. Saralash komissiyasi tomonidan psixologik oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga muvofiqligi haqida;
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga nomuvofiqligi haqida.
40. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etgan natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda, bayonnomaga nomzodlar tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etilgan natijalar mutaxassisliklar kesimida koʻrsatkichlarning pasayib borish tartibida kiritilishi lozim.
41. Bayonnoma Saralash komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda Saralash komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
42. Saralash komissiyasi kotibi tasdiqlangan bayonnomaning koʻchirmasi (nusxasi) u tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni ichida nomzodlarga ularning imzosi qoʻydirilgan holda tanishtirilishini taʼminlashi lozim.
43. Saralash komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangan vaqtidan boshlab kadrlar organlari tomonidan bir yil davomida amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi, tibbiy koʻrik natijalari bundan mustasno.
44. Saralash tadbirlarining dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda saralash kartasi toʻldiriladi va nomzodning shaxsiy yigʻmajildiga jamlanadi.
45. Saralash tadbirlari boshlanishidan oldin dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻiga asosan vazirlik tizimining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining koʻrsatmasiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Saralash tadbirlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
46. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod ushbu natijalar boʻyicha xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
47. Apellyatsiya komissiyasi dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzodni shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
48. Apellyatsiya komissiyasi shikoyat kelib tushgan kundan boshlab, besh kun ichida mazkur shikoyatni koʻrib chiqib, qaror qabul qilishi shart.
Bunda, dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
49. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalariga oʻzgartirish kiritish.
50. Apellyatsiya komissiyasining dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzodni ushbu saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida u tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun tavsiya etiladi.
51. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-bob. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
52. Nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqliligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
53. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar Saralash komissiyasining kotibi tomonidan beriladi.
54. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
55. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
8-bob. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
56. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda tibbiy koʻrikdan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar muvofiqlashtirishdan oʻtkaziladi va ularga vazirlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarining maxfiy boʻlimlari (boʻlinmalari) tomonidan maxsus ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish hamda maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
57. Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish hamda maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirish natijalariga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga shu kunning oʻzida yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
58. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga belgilangan namunadagi shaxsiy yigʻmajildlar rasmiylashtiriladi.
59. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganishning umumlashtirilgan natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan, tibbiy koʻrikdan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan hamda belgilangan shakldagi maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar tegishli mutaxassislik boʻyicha boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
Bunda, ikki yoki undan ortiq nomzodlarning umumiy toʻplagan ballari teng boʻlib qolgan taqdirda ularning psixologik oʻrganish tadbirida qayd etgan natijasi inobatga olingan holda eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzod tanlab olinadi.
60. Mutaxassisliklar boʻyicha boʻsh lavozimlar mavjud boʻlmagan taqdirda nomzodlar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
9-bob. Yakuniy qoida
61. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Maxsus antropometrik parametrlar tatbiq etilmaydigan mutaxassisliklar
ROʻYXATI
Quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar:
1. Yurisprudensiya;
2. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), moliya va moliyaviy texnologiyalar;
3. Arxitektura;
4. Psixologiya;
5. Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati;
6. Tibbiyot;
7. Veterinariya;
8. Jurnalistika;
9. Sanʼat yoʻnalishida: aktyorlik sanʼati, vokal sanʼati, cholgʻu ijrochiligi, xoreografiya;
10. Kino-teleoperatorlik.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

_______________________ga

(lavozimi, harbiy unvoni, F.I.O.)

ARIZA

Men _______________________________________________________________________________

(harbiy unvoni, F.I.O)

_________________________________________________________________________________________

(tugʻilgan yili, kuni, oyi va joyi)

_________________________________________________________________________________________

(yashash joyi yoki turgan joyi)

_________________________________________________________________________________________

(qaysi mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobda turadi)

_________________________________________________________________________________________

(maʼlumoti: qaysi taʼlim muassasasini qachon va qaysi mutaxassislik boʻyicha tamomlagan)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(harbiy xizmatni qayerda va qaysi lavozimda oʻtagan)

_________________________________________________________________________________________

(ilgari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, uni qayerda va qaysi lavozim boʻyicha oʻtaganligi,
harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganlik sababi va asoslari)

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha
harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash talablari va sharoitlari bilan tanishdim. Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga tayyorman.

Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat va harbiy xizmatga oid maʼlumotlarni sir
saqlashga vaʼda beraman.

Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari _________________________.

(seriyasi va raqami)

Sinovlarni ____________tilida topshiraman.

(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)

________________________

________________________

(imzo)

(F.I.O)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Nomzodlarni roʻyxatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish
JURNALI

T/r

Sana

F.I.O.

Tugʻilgan yili, oyi va kuni

Maʼlumoti va mutaxassisligi

Telefon raqami

Dastlabki oʻrganish natijasi

Nomzodning imzosi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

...

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish
METODIKASI
1. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod saralash komissiyasining masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.
2. Nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari saralash komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
4. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
5. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
a) erkak jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 28 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;
b) ayol jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.
6. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatishga oid mashq — toʻsinda (turnikda) tortilish;
chidamlilikka oid mashq — 3000 metrga yugurish.
7. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatishga oid mashq — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
birinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda — kuch ishlatishga oid mashqlar, uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar.
8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
9. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Startga” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
“Olgʻa” komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.
10. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
13. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha ball qoʻyilmaydi.
14. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasiga

ILOVA

Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari

1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Asosiy ball

Yaxshi

Asosiy ball

Qoniqarli

Asosiy ball

100 metrga yugurish

soniya

1

14,0

10

14,4

7

15,2

5

2

14,2

10

14,6

7

15,4

5

3

14,8

10

15,4

7

16,0

5

4

15,4

10

16,0

7

16,6

5

Toʻsinda (turnikda) tortilish

marotaba

1

14

10

12

7

10

5

2

13

10

11

7

9

5

3

10

10

8

7

6

5

4

8

10

6

7

4

5

3000 metrga yugurish

daqiqa, soniya

1

12,40

10

13,00

7

13,35

5

2

12,50

10

13,10

7

13,45

5

3

14,20

10

14,50

7

15,30

5

4

15,00

10

15,50

7

16,40

5

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Asosiy ball

Yaxshi

Asosiy ball

Qoniqarli

Asosiy ball

100 metrga yugurish

soniya

1

16,8

10

17,4

7

18,0

5

2

17,4

10

18,0

7

18,6

5

3

18,0

10

18,6

7

19,2

5

4

18,6

10

19,6

7

20,6

5

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

marta

1

32

10

29

7

26

5

2

30

10

27

7

24

5

3

28

10

25

7

22

5

4

25

10

22

7

19

5

1000 metrga yugurish

daqiqa, soniya

1

4,25

10

4,40

7

5,00

5

2

4,35

10

4,50

7

5,20

5

3

4,50

10

5,05

7

5,40

5

4

5,10

10

5,30

7

6,00

5

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari boʻyicha
QAYDNOMA

20__ yil “____” ____________

1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodning F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy ball

Yosh guruhi

Toʻsinda (turnikda) tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

natija

ball

natija

ball

natija

ball

1.

2.

3.

4.

5.

...

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy ball

Yosh guruhi

kuch ishlatish mashqlari kompleksi

100 metrga yugurish

1000 metrga yugurish

natija

ball

natija

ball

natija

ball

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

Komissiya aʼzolari:

________________________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

________________________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

________________________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA

Nomzodlarni psixologik oʻrganish
METODIKASI
1. Nomzodlar psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
2. Psixologik test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, shpargalkalar, telekommunikatsiya va boshqa axborot tashuvchi vositalar olib kirish taqiqlanadi.
Psixologik test sinovlari vaqtida taqiqlangan vositalardan foydalangan nomzodlar test sinovlaridan chetlashtiriladi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
3. Psixologik test sinovlari boshlanishidan avval nomzodlar Saralash komissiyasining psixologik oʻrganishni oʻtkazish boʻyicha masʼul mutaxassislari tomonidan psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, har bir vazifa boʻyicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli tushuntirishlar beriladi.
4. Nomzodlar barcha harakatlarni saralash komissiyasi aʼzolarining koʻrsatmalariga muvofiq bajaradi.
Mazkur koʻrsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va u test sinovlarini bajarmagan hisoblanadi.
5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali psixologik test sinovlaridan oʻtadi.
Nomzodlar bilan psixologik test tadbirlari yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin. Psixologik test guruh tarkibida oʻtkazilganda, xonada nomzodlar soni oʻttiz nafardan oshmasligi zarur.
6. Psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi. Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 77 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 3 ta vazifa, ikkinchi qismda (psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 152 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 13 ta savoldan iborat soʻrovnoma qoʻllaniladi.
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 2 soat, shuningdek har bir vazifa yoʻriqnomasini oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 30 daqiqadan vaqt beriladi.
7. Nomzodlar psixologik test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
8. Psixologik test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Psixologik test sinovii tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi.
9. Psixologik test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda saralash komissiyasi aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
10. Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir.
11. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida hisoblab chiqiladi.

Nomzodlarni psixologik oʻrganish metodikasiga

ILOVA

Psixologik test natijalarini hisoblash
JADVALI

T/r

Intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish

Psixoemotsional barqarorlikni oʻrganish

Natija

1-vazifa

2-vazifa

3-vazifa

4-vazifa

Asab-ruhiy barqarorlik shkalasi

Kommunikativ qobiliyatlar shkalasi

Axloqiy-meyoʼriy shkalasi

Samimiylik shkalasi

1.

9 30

9 30

6 17

0 29

0 16

0 11

0 9

Nomzod kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga muvofiq

2.

0 8

0 8

0 5

30 96

17 31

12 23

10 13

Nomzod kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga nomuvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

7-ILOVA

Psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA

20__ yil “____” ____________

T/r

Nomzodning F.I.O.

intellektual rivojlanganlik darajasi

psixoemotsional barqarorlik darajasi

yakuniy natija

(ballar yigʻindisi)

natija

(ball)

natija

(ball)

1.

2.

3.

4.

5.

...

Komissiya aʼzolari:

____________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

____________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

____________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

8-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

________________________ komissiyasi raisi

(komissiya nomi)

________

_____________

(imzo)

(F.I.O.)

20__ yil “___” ________

Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha ____________________ komissiyaning

(boshqarma nomi)

_______-son BAYONNOMASI

T/r

Nomzodning F.I.O.,

tugʻilgan vaqti va joyi

Maʼlumoti va mutaxassisligi, lavozimi, harbiy xizmatni oʻtagan vaqti va joyi

Harbiy-kasbiy saralash natijalari

Komissiya xulosasi

jismoniy tayyorgarlik darajasi

psixologik oʻrganish natijasi

jami ball

umumiy ball

umumiy ball

1.

2.

3.

...

Komissiya aʼzolari:

_____________

______________

(imzo)

(F.I.O.)

_____________

______________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya kotibi:

_____________

_____________

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

9-ILOVA

Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodni harbiy-kasbiy saralash

KARTASI

Nomzod ____________________________________________________________________________________

(harbiy unvoni, F.I.O.)

Harbiy hisobdagi joyi _____________________________________________________________________

(mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim nomi)

Maʼlumoti ________________________________________________________________________________

(taʼlim muassasasi nomi, tamomlagan yili, mutaxassisligi)

Harbiy xizmat oʻtagan _______________________________________________________________________

(qayerda, qachon va qaysi lavozimda harbiy xizmatni oʻtagan)

Harbiy-kasbiy saralash natijalari

Psixologik oʻrganish natijasi_______________________________________________________________

Intellektual rivojlanganlik darajasi

________________________________

(umumiy ball)

Psixoemotsional barqarorlik darajasi

________________________________

(umumiy ball)

Psixologik oʻrganish xulosasi

________________________________

(umumiy ball)

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijasi: ________________________________________

Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)

________________________________

(koʻrsatkich va ball)

100 metrga yugurish

________________________________

(koʻrsatkich va ball)

3000 (1000) metrga yugurish

________________________________

(koʻrsatkich va ball)

Jismoniy tayyorgarlikning umumiy bahosi

________________________________

(koʻrsatkich va ball)

Reyting bali va oʻrni _______________________________________________________________________

Harbiy-kasbiy saralash komissiyasining qarori

_____________________________________________________________________________________

(hududiy boshqarma, tarkibiy tuzilma nomi)

_________-son bayonnoma

20___ yil “___” _______________

Komissiya raisi _______________________

______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya kotibi _____________________

______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 10/23/3424/0141-son; 06.08.2024-y., 10/24/3424-1/0583-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)