1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) korporativ boshqaruvni joriy etish, ularning operatsion samaradorligini oshirish va ochiqligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni davom ettirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning bozor mexanizmlariga oʻtishini jadallashtirish maqsadida:
1. 2023 — 2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Strategik islohotlar agentligi) mazkur korxonalarni isloh qilish vazifasi yuklansin.
Strategik islohotlar agentligi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — “UzAssets” investitsiya kompaniyasi) va mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat aksiya paketi (ulushi) boʻyicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyasini amalga oshiradi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashi aʼzolarini tayinlash hamda sof foydani taqsimlash masalalari yuzasidan qarorlar belgilangan tartibda kelishilgan holda qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etish eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi;
davlat xizmatchilari davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilishi mumkin, ushbu korxonalar faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish vazifalari yuklangan davlat organlarining xodimlari (davlat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlaridan tashqari) bundan mustasno;
boshqariladigan investitsiya aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Strategik islohotlar agentligining “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv boʻyicha tavsiyalarini joriy etish orqali oʻziga boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini taʼminlash hamda ularning qiymatini va investitsion jozibadorligini oshirish;
oʻziga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashiga mahalliy hamda xorijiy malakali menejerlarni jalb qilish.
4. Strategik islohotlar agentligi va “UzAssets” investitsiya kompaniyasining davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
mazkur qarorga ilovada keltirilgan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlar (bundan qonun hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladigan qismi mustasno);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan oʻzlariga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) Strategik islohotlar agentligiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va ichki korporativ hujjatlarini tasdiqlasin, ijroiya organi va kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirsin;
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan har bir korxonaga konsultantlar jalb qilinishini taʼminlasin va korxonalarni isloh qilish grafigini tasdiqlasin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin;
b) ikki oy muddatda “UzAssets” investitsiya kompaniyasining samaradorlik muhim koʻrsatkichlarini nazarda tutgan holda, uning biznes-rejasini tasdiqlasin;
v) 2023-yil 1-iyulga qadar “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning biznes-rejalari qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.