Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 21-oktabrdagi 25/6-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648, 2006-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 8/5-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-1, 2007-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 123-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 30-iyundagi 18/2-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-2, 2007-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 292-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 17-noyabrdagi 31/1-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-3, 2007-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 490-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/2-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-4, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 395-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/3-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-5, 2016-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 49-son, 563-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/15-son “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1648-6, 2020-yil 16-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1648-6/0323-son).