Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 9-bandining
birinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4982-son qarori
3-bandidagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.