1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Kasanachilarga qulay soliq rejimini joriy etish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatiga kasanachilarni keng jalb qilishni ragʻbatlantirish orqali aholining bandligini taʼminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:
1. Ish beruvchilarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga jalb qilishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik]
Belgilab qoʻyilsinki, kasanachi sifatida jalb qilingan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga kasanachilik faoliyati uchun nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar bilan birga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar ham qoʻllaniladi.
2. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq toʻldirilsin.
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga oʻttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (koʻrsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga toʻlangan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi;
2-ilovaga muvofiq davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda budjet buyurtmachilari tomonidan 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Bunda, mazkur banddagi imtiyozlar oʻttiz nafardan ortiq kasanachilar jalb qilingan davrga tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
4. Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasining “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilariga ijtimoiy soliqni toʻlashning oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibini tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz maʼlumotlar bazasini soliq organlarining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-martdan boshlab:
kasanachilikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Jamoat ishlari jamgʻarmasiga kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan ajratilgan transfertlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi, 2024-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu mablagʻlar Jamgʻarma uchun ajratilishi koʻzda tutiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir hafta muddatda Jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasidan 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
8. 2023-yil 1-martdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, Jamgʻarma hisobidan:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
a) tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ular kasanachilikni tashkil etgan mahallalar joylashgan hududidan qatʼi nazar ajratiladi;
b) tadbirkorlik subyektlariga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda bir martalik;
kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda;
kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarini uch oygacha boʻlgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha miqdorda.
9. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 500 milliard soʻmi kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilsin.
Belgilansinki, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida har bir jalb qilingan kasanachi uchun 2 million soʻmgacha, biroq jami 300 million soʻmgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
Jamgʻarma hisobidan har bir jalb qilingan kasanachi uchun 1 million soʻmgacha, biroq jami 150 million soʻmgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
Mazkur kredit va ssudalarni tadbirkorlik subyektlari talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga oʻtkazib berilishiga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar davlat ulushi mavjud yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida doimiy hunarmandchilik va kasanachilik savdo rastalari tashkil etilishini taʼminlasin.
Bunda:
savdo rastalari hunarmandlar va kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga moʻljallansin;
savdo oʻrinlari ijara toʻlovlari 50 foizga kamaytirilgan holda ijaraga berilsin.
11. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosariga kasanachilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
mahallalarda kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish;
mahallalarda ishsiz fuqarolarni kasanachilikka jalb qilish boʻyicha davlat tomonidan ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish;
kasanachilik mahsulotlarining kooperatsiya usulida, shu jumladan elektron savdo platformalari orqali sotilishiga tizimli koʻmaklashish.
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov bir hafta muddatda 2023-yilda kasanachilik asosida aholining bandligini taʼminlash boʻyicha oyma-oy mahallalar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlasin.
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
ikki hafta muddatda Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-fevral,
PQ-70-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PQ-70-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari
ROʻYXATI
1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas va adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar yasash
18. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PQ-70-son qaroriga 2-ILOVA
Kasanachilarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini ijara toʻlovlarini 50 foizga kamaytirgan holda ijaraga berish
SHARTLARI
Jalb qilingan kasanachilar soni
Kasanachilar jalb qilingan davr
Kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (koʻrsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdori
Davlat mulki obyektining imtiyoz qoʻllaniladigan eng koʻp maydoni (kv.m)
Toshkent shahri
Nukus shahar va viloyat markazlari
Tuman markazlari
Boshqa hududlar
30 nafardan ortiq
3 oydan ortiq
Jami daromadning 60 foizidan ortiq
220
240
260
280
Izohlar:
1. Mazkur imtiyoz Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hamda boshqa hududlar boʻyicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori boʻlgan obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2. Kasanachilar bilan shartnoma bekor qilinishi oqibatida mazkur ilovada belgilangan meʼyor buzilgan taqdirda, joriy oydan keyingi oydan boshlab imtiyoz bekor qilinadi.
3. Mazkur imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara toʻlovlarida imtiyozga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu roʻyxatda belgilangan maydonga nisbatan:
kam maydondan foydalanganda, haqiqatda foydalangan maydonga nisbatan imtiyoz qoʻllaniladi;
koʻp maydondan foydalanganda, imtiyoz faqat belgilangan maydon uchun qoʻllaniladi.
4. Mazkur ilova boʻyicha davlat mulki obyekti istisno tariqasida elektron savdolarni oʻtkazmasdan ijaraga beriladi.
5. Imtiyoz asosida ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Mazkur imtiyoz xususiylashtirish dasturlariga kiritilmagan davlat mulki obyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
7. Kasanachilarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektini ijara toʻlovlarini 50 foizga kamaytirgan holda ijaraga berish tartibi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2023-y., 07/23/70/0105-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)