Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
78-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“78. Yoʻlovchiga havo kemasi salonida qoʻl yukidan tashqari oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaxsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yoʻl beshigi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruxsat beriladi.”.
2. 93-bandning
oltinchi xatboshisidagi “nogironlar aravachasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
96-banddagi “Shaxsiy qurol, ov va sport maqsadlariga moʻljallangan qurol” degan soʻzlar “Fuqaroviy qurol, xizmat quroli, jangovar qurol” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.