1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash, tayyor mebel mahsulotlari eksportini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, sohaga malakali kadrlarni jalb etish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar:
tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʻyilgan meʼyor koʻrsatkichi 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;
yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari eksport hajmi har chorakda 1 million dollardan ortgan korxonalarga chorak yakuni bilan kelgusi oyning 10-sanasigacha taqdim etilgan hujjatlar asosida toʻlanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qoʻllanilishi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
3. 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 1-ilovaga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
4. Suv xoʻjaligi vazirligining Fargʻona viloyati, Furqat tumani Qoʻqonboy mahallasidagi suv xoʻjaligi binosini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
Bunda, Fargʻona viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur binoni mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan qayta taʼmirlash, infratuzilma, axborot-kutubxona markazi, asbob-anjomlar, moddiy-texnika va xom ashyo bazasi bilan taʼminlash hamda yogʻoch oʻymakorligi, mebelsozlik, zardoʻzlik va naqqoshlik kabi milliy hunarmandchilik sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy umumtaʼlim maktabini tashkil etish yuzasidan xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga taklif kiritish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
respublikada faoliyat koʻrsatayotgan mebelsozlik korxonalarini Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi tomonidan toʻliq qamrab olishni ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
mahalliy mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish asosida ularning roʻyxati, ishlab chiqariladigan mahsulot turlari, quvvatlari va boshqa koʻrsatkichlari elektron bazasini shakllantirish;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-fevral,
PQ-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 1-ILOVA
2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan, mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar
ROʻYXATI
T/r
TIF TN kodi
Nomi
1.
3208 90 990 0
Kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (jumladan emal va polituralar)
2.
5407 53 000 0
Mebel uchun tarkibida 85 mas.% yoki undan ortiq poliefir boʻlgan, teksturlangan, turli rangdagi kompleks iplardan tayyorlangan gazlama
3.
7318 16,
7318 19,
7318 21,
7318 23,
7318 24
Qora metaldan ishlab chiqarilgan gaykalar, burama ilgaklar, parchinlar, dublonlar, tirgaklar, shaybalar (prujinali) va shunga oʻxshash boshqa buyumlar
4.
7320 20 810 8
Matras ishlab chiqarish uchun qora metallardan tayyorlangan siqilish natijasida ishlaydigan vintli prujinalar
5.
7326 20 000 9
Mebel uchun qora metallardan yasalgan simdan tayyorlangan mahsulotlar
6.
7604 21
Aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan ichi boʻsh profillar
7.
8302 60 000 9
Eshiklarni avtomatik yopuvchi qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan qurilmalar
8.
8305 20 000 0
Mebellarni qoplashda ishlatiladigan bloklarda simli skobalar
9.
9401 91 000 9,
9401 99 000 9
Stullarning yogʻochdan ishlangan qismlari (suyanchiq, tirsak asoslari va shunga oʻxshash qismlar), kreslo va ofis divanlari qismlari
10.
9403 91,
9403 99
Boshqa mebellar qismlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-51-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-bandda “2023-yil” soʻzlari “2024-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a) 3-pozitsiyaning “Kichik sanoat zonasi tashkil qilinadigan hudud nomi” ustunidagi “Qashqar” MFY” soʻzlari “Sadda” MFY” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Buxoro viloyati
Romitan tumani
“A. Navoiy” MFY
1,3
41.
Jondor tumani
“Oxshix” MFY
1,8
”;
v) 13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
13.
Fargʻona viloyati
Bagʻdod tumani
“Muruvvat” MFY
6,4
131.
Buvayda tumani
“Qoʻngʻirot” MFY
8,8
”;
g) 15-pozitsiyaning “Kichik sanoat zonasi tashkil qilinadigan hudud nomi” ustunidagi “Sarapayon” qishlogʻi” soʻzlari “Madir qishlogʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovaning nomlanishiquyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan, mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar ROʻYXATI”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 07/23/51/0084-son)