Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom bank faoliyatiga ruxsat berish, bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarni baholash va ularni kelishib olish, bankning alohida boʻlinmalarini ochish va yopish, bankning ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda banklarni qayta tashkil etish, va tugatish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.”.
2.
66-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Moʻljallangan olish amalga oshirilganidan keyin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchilikning ortishi haqidagi taxminlarni baholash potensial oluvchiga aloqador shaxslarga nisbatan iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlanganlikning mavjudligi omili taʼsirini baholashni ham oʻz ichiga oladi.”.
3.
90-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“nomzodga aloqador shaxslarga nisbatan iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlanganlikning mavjudligi omilining salbiy taʼsiri, xususan nomzod lavozimiga kirishganidan keyin bankning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirish faoliyatiga jalb etilishi bilan bogʻliq tavakkalchilikning ortishi toʻgʻrisidagi taxmin mavjud emasligi;”;
4.
155-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.