Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Prokuratura organlari uchun qonunchilikni va huquqiy targʻibotni yanada mustahkamlashni, shuningdek “Prokuratura toʻgʻrisi”da Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunidan kelib chiqadigan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni taʼminlaydigan zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika prokuraturasining tergov-prokuratura xodimlari shtatini 150, shu jumladan markaziy apparat boʻyicha 45 nafarga hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni 30 nafarga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq 20 ta yengil avtomashina, ehtiyot qismlar, kompyuterlar, bosmaxona uchun asbob-uskunalar, kriminalistika texnikasi, mebellar, formali kiyimlar xarid qilish, shuningdek yangidan ajratilgan shtatlarni taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar rahbarlari, hokimlar prokuratura organlari joylashgan barcha binolar bir oy muddatda Respublika prokuraturasi balansiga bepul oʻtkazsinlar.
4. “Oʻzistiqbolstat” va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yildan boshlab qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuratura-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi (yotoqxonasi bilan) qurilishi uchun belgilangan tartibda zarur mablagʻlap ajratsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.