1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGINING
Qarori
DAVLAT MULKChILIK ShAKLIDAGI YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN ChET ELDA KORXONALAR TAShKIL ETISh, USTAV FONDIDA IShTIROK ETISh, QAYTA TAShKIL ETISh VA KORXONALARNI TUGATISh, ChET ELLARDAGI DAVLAT MULKINI SOTIB OLISh VA TASARRUF ETISh MASALALARINI KELIShISh HAMDA ChET ELDAGI DAVLAT MULKINI SAQLANIShI VA ULARNING SAMARALI BOShQARILIShI USTIDAN MONITORING OLIB BORISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1488-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2003-yil, 7-son, 67-bet)ni bajarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladi:
1. Chet ellarda korxonalar tashkil etish (ta’sischi sifatida qatnashish), qayta tashkil etish va korxonalarni tugatish, chet ellardagi davlat mulkini sotib olish va tasarruf etish masalalarini kelishish hamda chet ellardagi davlat mulkini saqlanishi va ularning samarali boshqarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.