Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/2989/0968-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/1-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2989-1, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3377, 2022-yil 1-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son) ilovasining
1-bandi.