Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 57-modda)
ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil uchun yillik moliyaviy hisobot 2022-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “
Budjet hisoboti”da:
a)
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Budjet mablagʻlarini oluvchilar Davlat budjeti mablagʻlari boʻyicha Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Balans (1-son shakl)ni, Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni, Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni hamda Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga muvofiq holda taqdim etadi.”;
b) 30-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 160-bandning
toʻqqizinchi xatboshisidagi “Moliyaviy holat toʻgʻrisida balans hisobot” degan soʻzlar “Davlat budjeti ijrosining balansi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d)
2-ilovaning “Koʻrsatgichlar” ustunidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
8-ilovaning “Tushumlarning nomi” ustunidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti ijrosining balansi”;
031-qatori chiqarib tashlansin;
032-qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining hisoblangan daromadlari (510 300)”;
034 va 035-qatorlar chiqarib tashlansin;
051-qatordagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.