1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalliy aviaqatnovlar va ichki turizmni, mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz transport tizimini tubdan takomillashtirish, xususan, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari tomonidan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublikada ichki turizmni rivojlantirish, yoʻlovchilarga arzon narxlarda aviatashuv xizmatlari koʻrsatish va aviakompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida rezident aviakompaniyalarga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya ajratish tizimi joriy etilgan.
Oʻtgan 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyunga qadar ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun 265 ming respublika fuqarolari uchun aviakompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 27,5 mlrd soʻm subsidiya toʻlab berilgan.
Joriy etilgan tizim mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish, ayniqsa ziyorat turizmini amalga oshirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-412-son qaroriga muvofiq hamda respublikada ichki turizm va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining aviaqatnovlarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-yanvar,
5-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 5-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;”;
“yoʻlovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovlari yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash;”;
“subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovlari yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar bandligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan tezkorlik bilan koʻrib chiqish, hal etish boʻyicha qarorlar qabul qilish.”.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha” soʻzlari “aviaqatnovlar chiptalariga 25 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 5-ilovada (Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM”;
b) 1-band “mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“maxsus komissiya — subsidiyalanadigan avia qatnovlar chiptalari va mehmonxona xizmatlari narxlarini hamda avia va temir yoʻl qatnovi yoʻnalishlarini va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha tuzilgan komissiya;”;
“subsidiyalanadigan aviaqatnov — maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan mahalliy yoʻnalishlar, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan aviaqatnov;”;
“subsidiya — aviatashuvchilarga mahalliy yoʻnalishlardagi, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari narxlarining bir qismini qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻ.”;
“3. Subsidiya 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha sayohat tashkilotchilariga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida ajratiladi.”;
d) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2026-yil 1-yanvargacha ajratiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/5/0009-son)