

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6331248" id="onLBC-6331248">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6970"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6331248" id="onLS-6331248">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6331444" id="-6331444">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6331445" id="-6331445">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6331447" id="-6331447">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6331448" id="-6331448"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331450" id="-6331450">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son <a href="/mact/-6039685">qarori </a>ijrosi yuzasidan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va bozorlarda narx-navo barqarorligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331452" id="-6331452">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son <a href="/mact/-6039685">qarorida </a>Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimoliy tumanlarining iqlim sharoitidan kelib chiqib, qish-bahor oylarida aholining asosiy oziq-ovqat, xususan, kartoshka, piyoz mahsulotlariga boʻlgan talabini, oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331453" id="-6331453">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331454" id="-6331454">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) tashkil etish va asosiy faoliyat vazifalari etib Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisi isteʼmoli uchun qish-bahor oylarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash, saqlash, ichki bozorga yetkazib berish, bozorlarda narxlar barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda intervensiya tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda Uyushmaning ustavi va taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda huquqiy koʻmaklashsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331455" id="-6331455">Uyushmani yuridik manzilga joylashtirish va boshqaruv apparatini malakali xodimlar bilan toʻldirish masalalarida amaliy yordam koʻrsatsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331456" id="-6331456">3. Uyushmaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda tahlil qilib borish, shuningdek, zaruratga koʻra, bu borada tezkor kompleks choralar koʻrish boʻyicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritib borish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331457" id="-6331457">4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushma faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni samarali tashkil etish va faoliyat vazifalarini amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331458" id="-6331458">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331459" id="-6331459">Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan sovutkichli sigʻimlar, shuningdek, dehqon bozorlarining sovutkichli sigʻimlarini manzilli roʻyxatini shakllantirsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331460" id="-6331460">Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijroga qaratsin. Bunda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari yaratilishi nazarda tutilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331461" id="-6331461">6. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Uyushma bilan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331462" id="-6331462">Bunda, qish-bahor oylarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, zaxiraga gʻamlash, saqlash va ichki bozorlarda savdosini tashkil etish boʻyicha talabgorlarni aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7221241" id="-7221241">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5382974">Qonuni</a>, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-6026643">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6331463" id="-6331463">7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovutkichli sigʻimlar qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiya xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetidan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332676" id="-6332676">8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda AQSh Xalqaro savdo maʼmuriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti oʻqitish dasturi (SABIT) haqida tadbirkorlik subyektlariga seminar-treninglar oʻtkazilishini hamda batafsil maʼlumot yetkazilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332678" id="-6332678">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2023-yil 30-martga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovutkichli sigʻimlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini Amerika maxsus biznes amaliyoti oʻqitish dasturi (SABIT) doirasida malakasini oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332679" id="-6332679">9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, sovutkichli sigʻimlarni tashkil etish hamda mahsulotlarni saralash va qadoqlash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga xorijiy moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332681" id="-6332681">10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida Uyushma tomonidan zaxira qilingan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ichki bozorni ixtiyoriy ravishda intervensiya qilish uchun ularga dehqon bozorlarida rastalar ajratilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332683" id="-6332683">11. Belgilansinki, tumanlarda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga taqchillik sezilganda ichki bozorni toʻldirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Uyushma bilan birgalikda ichki bozorni intervensiya qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332685" id="-6332685">tumanlarda taqchillik ehtimoli aniqlangan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini yaratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332686" id="-6332686">taqchillik ehtimoli kutilayotgan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarining Oziq-ovqat xavfsizligi jamgʻarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mablagʻlar jalb qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332688" id="-6332688">taqchillik sezilgan hududlarda faoliyat yuritayotgan chakana savdo shoxobchalari, yirik savdo markazlari va dehqon bozorlari bilan hamkorlikda ularga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tizimli yetkazib berish choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332689" id="-6332689">12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6332690" id="-6332690">Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6332691" id="-6332691">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6332692" id="-6332692">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6332694" id="-6332694">2022-yil 29-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6332695" id="-6332695">729-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6331511" id="-6331511">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 09/22/729/1134-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
