1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2191-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21-son va 1-son “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2191, 2011-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 49-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-dekabr,
5-son
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-dekabr,
75-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 5-son hamda Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 75-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:”.
“Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari (bundan buyon matnda konsullar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
2) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 60-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 27-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — biometrik pasport, shu jumladan xorijga chiqish biometrik pasporti yoki diplomatik pasport;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — xorijga chiqish biometrik pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — xorijga chiqish biometrik pasporti yoki shaxsiy harbiy guvohnomalar va harbiy biletlar;”;
yettinchi xatboshidagi “yoʻl hujjati” degan soʻzlar “harakatlanish hujjati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4) 18 va 74-bandlardagi “doimiy roʻyxatga olingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 39-bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatga olingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 66-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatga olingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 80-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatga olingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 25-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“33. Konsul notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha konsullik yigʻimi va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimni undiradi.”;
uchinchi xatboshisidagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 69-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar “idoraviy notarial arxivga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 81-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idorasida” va “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “idoraviy notarial arxivda” va “idoraviy notarial arxivga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 91-bandning uchinchi xatboshisidagi “Eng kam ish haqining” degan soʻzlar “Bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 152-banddagi “yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning STIRi;”;
16) 217-bandning ikkinchi xatboshisidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
17) quyidagi mazmundagi IV1-bob bilan toʻldirilsin:
“IV1-bob. Konsullar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlarni idoraviy notarial arxivga topshirish va qabul qilish
219. Konsullar oʻzlari tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlarning (bundan buyon matnda notarial harakat hujjatlari deb yuritiladi) but saqlanishini taʼminlashi lozim.
2191. Konsullar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakat hujjatlari konsullik muassasasida uch yil davomida saqlanadi.
Notarial harakat hujjatlari konsullik muassasasida uch yil muddat saqlangandan soʻng, konsul ularni idoraviy notarial arxivga topshirish uchun yigʻmajildga tartib bilan tikilgan va mundarija ilova qilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga har yili yanvar oyining 20 sanasiga qadar yuborilishini taʼminlaydi.
2192. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik muassasalari tomonidan yuborilgan notarial harakat hujjatlarini har yili yanvar oyining 30 sanasiga qadar Adliya vazirligiga yuboradi.
2193. Adliya vazirligi notarial harakat hujjatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tegishliligi boʻyicha idoraviy notarial arxivlarga yuborilishini taʼminlaydi.
2194. Notarial harakat hujjatlari idoraviy notarial arxivlarga kelib tushganda, tegishli adliya boshqarmasida tashkil etilgan ekspert komissiyasi mazkur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida ularning mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida nazarda tutilgan talablar doirasida rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi.
2195. Oʻrganish natijasida notarial harakat hujjatlari mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida belgilangan talablarga muvofiq deb topilganda, masʼul xodim ularni saqlash uchun qabul qiladi.
2196. Oʻrganish natijasida notarial harakat hujjatlari mazkur Yoʻriqnomaning 2191-bandida belgilangan talablarga muvofiq emas deb topilganda, ekspert komissiyasi ularni saqlash uchun qabul qilishni rad etadi. Bunda, idoraviy notarial arxiv tomonidan notarial harakat hujjatlari aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan holda uch ish kuni ichida tegishli xat bilan Adliya vazirligiga yuboriladi.
2197. Adliya vazirligi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun idoraviy notarial arxivning xatini ilova qilgan holda uch ish kuni ichida notarial harakat hujjatlarining Tashqi ishlar vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi.
2198. Tashqi ishlar vazirligi notarial harakat hujjatlari qaytarib yuborilgan vaqtdan boshlab oʻn besh ish kuni ichida Adliya vazirligi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilishini hamda notarial harakat hujjatlarining Adliya vazirligiga qayta yuborilishini taʼminlaydi.”;
18) V-bobning nomidagi “qoidalar” degan soʻz “qoida” degan soʻz bilan almashtirilsin;