Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonining
2 va
3-bandlarini bajarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining majmuilari 1994-yilning 15-fevraligacha:
oʻz tasarruflaridagi vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqsinlar. Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda eʼtibor quyidagi masalalarni hal etishga qaratilsin:
oʻrta va yirik korxonalarning mulkchilik shakllarini oʻzgartirish, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish;
koʻchmas mulk savdosi birjalarini tashkil etish hamda fondli birjalar barpo qilish va ularda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini joylashtirish;
xususiylashtirilgan obyektlarni auksion va tanlov asosida sotishni tashkil qilish;
respublika fuqarolari va xorijiy fuqarolarning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida qatnashishlari, ularning tashkil etilayotgan va qayta tuzilayotgan aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini erkin sotib olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
2. Umumiqtisodiyot majmui (Hamidov):
Respublika koʻchmas mulk savdosi birjasi toʻgʻrisidagi va Respublika fondli birjasi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin;
davlat qisqa muddatli va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish hisobiga qiymatli qogʻozlar bozorini faollashtirsin;
xususiylashtirilgan korxona va tashkilotlarga aksiyalar va obligatsiyalar chiqarishni tashkil etishda hamda keyinchalik ularni fondli birja orqali tarqatishda yordam koʻrsatsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk asosida savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarini qurish va barpo etish uchun imtiyozli kreditlar hamda soliq solish boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
3. Dehqonchilik sanoati majmui Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari band qiladigan yer uchastkalarini baholash va sotish tartibini ishlab chiqsin.
4. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini umumlashtirish va ular asosida davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning davlat dasturini ishlab chiqish boʻyicha ilovaga
* muvofiq tarkibda ishchi guruhi tuzilsin.
Ishchi guruhiga shu yilning 20-fevraligacha boʻlgan muddatda koʻrsatib oʻtilgan dastur loyihasini va uni amalga oshirishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.