1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun quyidagi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnlari:
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi 1-ilovaga muvofiq;
1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 2-ilovaga muvofiq;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]
2-son “Zaxiralar” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 3-ilovaga muvofiq;
7-son “Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 4-ilovaga muvofiq;
20-son “Davlat grantlari hisobi va davlat yordami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10-ilovaga muvofiq;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
39-son “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 24-ilovaga muvofiq;
40-son “Investitsiya koʻchmas mulki” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 25-ilovaga muvofiq;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
41-son “Qishloq xoʻjaligi” Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 26-ilovaga muvofiq;
1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 27-ilovaga muvofiq;
7-son “Yevroning muomalaga kiritilishi” Sharhlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning sharhi 43-ilovaga muvofiq;
10-son “Davlat yordami-operatsion faoliyat bilan muayyan bogʻliqlikning yoʻqligi” Sharhlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning sharhi 44-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
25-son “Foyda soliqlari — tashkilotning yoki uning aksiyadorlarining soliq maqomidagi oʻzgarishlar” Sharhlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning sharhi 45-ilovaga muvofiq;
29-son “Xizmat koʻrsatish boʻyicha konsessiya kelishuvlari: Maʼlumotlarni yoritib berish” Sharhlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning sharhi 46-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
32-son “Nomoddiy aktivlar — vebsayt sarflari” Sharhlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning sharhi 47-ilovaga muvofiq;
1-son “Obyektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va shu kabi majburiyatlardagi oʻzgarishlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 48-ilovaga muvofiq;
2-son “Kooperativ tashkilotlarda ishtirokchilarning ulushlari va shu kabi instrumentlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 49-ilovaga muvofiq;
5-son “Obyektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va ekologik reabilitatsiya fondlarida ishtirok etish huquqlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 50-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
6-son “Maxsus bozorda ishtirok etishdan yuzaga keladigan majburiyatlar — chiqindi elektr va elektron uskunalar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 51-ilovaga muvofiq;
7-son “29-son BHXS “Giperinflyatsiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot” asosida qayta hisoblash yondashuvini qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 52-ilovaga muvofiq;
10-son “Oraliq moliyaviy hisobot va qadrsizlanish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 53-ilovaga muvofiq;
12-son “Xizmat koʻrsatish boʻyicha konsessiya kelishuvlari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 54-ilovaga muvofiq;
14-son “19-son BHXS — Belgilangan toʻlovlar boʻyicha aktiv uchun limit, minimum moliyalashtirish talablari va ularning oʻzaro aloqasi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 55-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari]
16-son “Chet el boʻlinmasiga sof investitsiyani xejlash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 56-ilovaga muvofiq;
17-son “Pulsiz aktivlarning mulkdorlarga taqsimlanishi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 57-ilovaga muvofiq;
19-son “Moliyaviy majburiyatlarni ulushli instrumentlar bilan soʻndirish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 58-ilovaga muvofiq;
20-son “Ochiq konning qazib chiqarish bosqichidagi ustki qatlamni ochish sarflari” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 59-ilovaga muvofiq;
21-son “Majburiy toʻlovlar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 60-ilovaga muvofiq;
22-son “Chet el valyutasidagi operatsiyalar va oldindan toʻlov” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 61-ilovaga muvofiq;
23-son “Foyda soligʻini hisoblash tartibiga nisbatan noaniqliklar” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasi sharhi 62-ilovaga muvofiq tan olinsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-noyabr,
61-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 10/22/3400/1087-son; 07.03.2026-y., 10/26/3400-1/0214-son; 25.07.2026-y., 10/26/3400-2/0779-son)