1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2556-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi PQ-348-son “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2556, 2014-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-noyabr,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 24-noyabrdagi 28-son buyrugʻiga ILOVA
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari — pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, harbiy xizmatchilar esa, harbiy hisobga olish hujjatlari (harbiy guvohnoma yoki ofitserning shaxsiy guvohnomasi);
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi, milliy pasporti yoki chet davlat fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bilan qabul qilinadi.”.
“olti oyda bir marta tegishli Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmasi yoki tuman (shahar) boʻlimidan A, V va S gepatitlariga aloqadorligi yoʻqligi haqida maʼlumotnoma;”.
“41. Donorning sogʻligʻida donor boʻlishga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan taqdirda, tibbiy hujjatlarga (Donorning hisobvaraqasi va Pullik (faol) donorning tibbiy kartasi yoki Bepul (begʻaraz) donorning kartasiga) uni donorlikdan chetlashtirish sabablari va hisobdan chiqarilgan sanasi yozib qoʻyiladi va oʻz navbatida, ushbu donor haqidagi axborot Yagona donorlik markaziga yuboriladi.”.
8. 1-ilova matnidagi “Sizda soʻnggi 3 hafta ichida bezgak boʻlganmi?” degan soʻzlar “Sizda soʻnggi 3 hafta ichida tana harorati koʻtarilganmi?” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.