toggle_night_mode
Hujjat 28.11.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining
Qarori
“Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1672-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-oktabr,
284-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-oktabr,
58-son
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-oktabr,
59-son
Kelishildi:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2022-yil 30-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2022-yil 28-oktabrdagi 284-son, Moliya vazirligining 2022-yil 27-oktabrdagi 58-son va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 27-oktabrdagi 59-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 25-dekabrdagi 104, 17, 01-1371-son “Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori (roʻyxat raqami 1672, 2007-yil 10-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 161-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2014-yil 4-iyundagi 43, 72, 02-1/592-son “Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori (roʻyxat raqami 1672-1, 2014-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 321-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2015-yil 13-avgustdagi 74, 98, 014-1/576-son “Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori (roʻyxat raqami 1672-2, 2015-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 33-son, 448-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2022-y., 10/22/1672-3/1043-son)